Get Mystery Box with random crypto!

#Savol: Assalomu alaykum. Sovchi orqali unashtirilganman. Dind | Hubbuna

#Savol: Assalomu alaykum. Sovchi orqali unashtirilganman. Dindan xabarim bor. Unashtirilgan insonimni ham atrofdagilar namozlarini oʻqiydi, yaxshi, halol bola deb aytishgan.
Uydagilarim ham surishtirib koʻrishdi. Gaplashib koʻrsam, namoz, roʻza va shunga oʻxshash amallarni qiladilar. Lekin ilmda davomli yoki kelajaklarini asosan din yoʻli bilan tasavvur qilmaydilar. Din haqida gap ochilsa, unchalik qiziqish bildirmaydilar. Shunga baʼzan koʻnglim sovib qoladi. Ammo sigaret chekish, shunga oʻxshash zararli odatlari yoʻq. Uydagilarga aytsam, keyinchalik bilmaganlarini hayot davomida oʻrgatasan deyishadi. Shu toʻgʻrimi? Javob uchun avvaldan rahmat.

Javob:

— Va alaykum assalom. To'g'ri emas deb o'ylayman. O'zi qiziqmagan odamga nimanidir o'rgatishingiz bilan hayot yo'lini din bilan tasavvur qiladigan bo'lib qolmaydi. Allohdan tavfiq, hidoyat, ixlos so'rab harakat qilaverasiz.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida