Get Mystery Box with random crypto!

Farzandning nutq madaniyati Bu masala omma orasida muhim | Hubbuna

Farzandning nutq madaniyati

Bu masala omma orasida muhim hisoblanadi. Bo­laning tili chiqish davrida, u gapirmoqchi yoki so‘zlashni istaganda uni gapirtirmaslik va gap-so‘zlarini bo‘lish juda yomon! Ya’ni uni duduq, ichidagi gapni aytmaydigan yoki ko‘p o‘ylanib gapiradigan qilishgacha olib kelishi mumkin.

Bola siz bilan gaplashmoqchimi? U bilan dil­dan va xuddi aka-uka, opa-singil va do‘stlardek suh­bat quring. Uning do‘stlari, o‘zaro munosabatlar va boshqa bola uchun qiziq mavzularda erinmasdan va zerikmay gaplashing.

Bola savol bersa, agar u bergan savolini o‘zi bilsa, o‘ylanib va ikkilanib javob bering. Bil­masa, yaxshilab, to‘g‘ri va to‘liq javob berib, tu­shuntiring.

«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida