Get Mystery Box with random crypto!

#Savol: Assalomu alaykum! Yoshim 26 da, bitta qizcham bor. Sov | Hubbuna

#Savol: Assalomu alaykum! Yoshim 26 da, bitta qizcham bor. Sovchi orqali turmush qurganman. Talaba paytim bir yigitga koʻngil qoʻyganman, u ham menga befarq emas edi. Sovchi qoʻymoqchi edi, taqdirning izni bilan birga boʻlolmadik, boshqa insonga turmushga chiqdim. Hali-hanuz, ayniqsa, oilada muammoli vaziyatlar boʻlsa, u kishini qo'msayman. Balki unga turmushga chiqqanimda hayotim boshqacha boʻlardi deb koʻp oʻylayman. Savolim shuki, men hali-hanuz uni oʻylab gunohga botyapmanmi?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Men gunoh-savob masalasida gapirmoqchi emasman, uzr. Ammo bu ishingiz noto'g'ri. Xiyonat faqat to'shakda bo'lmaydi, xiyonat xayolda ham bo'lishi mumkin. O'zingizga ravo ko'rmaganni juftingizga ham ravo ko'rmang. Hammada ham xato-kamchilik bor. O'sha yigit bilan oila qurganingizda ham shunga o'xshash holatlar bo'lishi tayin edi. Bu xayollarni sizga shayton olib kelyapti. Xayollaringizni jilovlang, bunday vaziyatda tezda istig'for aytib, chalg'ishga harakat qiling.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida