Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.77K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 35

2022-09-05 21:11:59 Live stream finished (1 hour)
18:11
Ochish/sharhlash
2022-09-05 19:59:50 Live stream started
16:59
Ochish/sharhlash
2022-09-05 19:57:29 2 daqiqadan keyin suhbatimiz boshlanadi.
3.2K views16:57
Ochish/sharhlash
2022-09-04 12:05:20 Insho tanlovlari toʻplami

Insho tanlovlari koʻpchilik uchun nafaqat qiziqarli, balki moddiy jihatdan manfaatli ham boʻlgan imkoniyatdir.

Baʼzi insho tanlovlari gʻoliblarga faqatgina sertifikat taqdim etsa, ayrimlari bir necha 10 ming dollardan xorijiy davlatga bepul sayohat qilish imkonini ham beradi.

Bugun hozirda ishlar qabul qilinayotgan insho tanlovlari toʻplamini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Demak:

1. Atlas Shrugged Essay Contest:
Tanlovda 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

G'oliblar 25 dollardan 10 ming dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
2022-yil 26-sentabr.

BATAFSIL

2. ServiceScape Scholarship 2022. Tanlovda universitet talabalari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida, yozma muloqotning muhimligi va yozuvchilikning ahamiyati haqida boʻlishi va 300 soʻzdan oshmasligi kerak.

G’olibga o’qish xarajatlariga sarflashi uchun 1000 AQSH dollari pul mukofoti beriladi.

Dedlayn: 2022-yil 30-noyabr.

BATAFSIL

3. The Fountainhead Essay Contest. Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan tashkil topishi kerak.

Gʻoliblar 25 dollardan 5000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
2023-yil 27-aprel.

BATAFSIL

4. Anthem Essay Contest. Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida yozilishi va 600-1200 soʻzdan tashkil topishi kerak.

Gʻoliblar 25 dollardan 2000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
2023-yil 27-aprel.

BATAFSIL

5. Storytelling Writing Contest. Tanlovda barcha qatnashishi mumkin. Insho ingliz tilida yozilishi va 1000 soʻzdan oshmasligi kerak.

Sovrindorlar 100 dollardan 300 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi.

Dedlayn: 2023-yil 31-iyul.

BATAFSIL

Olgʻa!

@grantlar
1.7K views09:05
Ochish/sharhlash
2022-09-04 08:08:53 FLEX dasturiga ariza topshirish boʻyicha qadamma-qadam qoʻllanma!

Amerika kengashlari FLEX dasturiga ariza topshirish qadamma-qadam tushuntirilgan qoʻllanmani eʼlon qildi.

Qoʻllanmada ariza shaklini toʻldirish jarayoni rasmlar bilan batafsil tushuntirilgan.

Bu qoʻllanmani quyida oʻzingizga qulay tilda oʻqishingiz mumkin

OʻZBEK TILIDA OʻQISH

RUS TILIDA OʻQISH

INGLIZ TILIDA OʻQISH

@grantlar_namuna
4.2K views05:08
Ochish/sharhlash
2022-09-04 06:13:24
FLEX gʻolibi bilan ovozli chat!

@Grantlar_namuna kanali jamoasi 2022-yilgi qabulda FLEX dasturini yutib olgan hamyurtimiz – Nurislom Gulamov bilan ovozli chat oʻtkazadi.

Chat davomida Nurislom bilan dastur, ariza topshirish jarayoni va uni qoʻlga kiritishdagi muhim jihatlar haqida suhbatlashamiz. Shuningdek, Nurislomdan dastur haqidagi savollaringizni soʻrashingiz ham mumkin boʻladi.

Ovozli chat manzili: @grantlar_namuna
Oʻtkaziladigan sana: 2022-yil, 5-sentabr, soat 22:00.

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil AQSHda oʻqish imkonini beradi. Oʻqish xarajatlari toʻliq qoplanadi. Qabul 2022-yil, 13-oktabrgacha davom etadi.

P.S. Suhbatdan oldin FLEX haqida MAQOLA bilan albatta tanishib chiqing.

@grantlar_namuna
13.2K viewsedited  03:13
Ochish/sharhlash
2022-09-02 07:37:06
FLEX dasturiga arizalar qabuli boshlandi!

Bu dastur AQSHdagi oʻrta maktablarda 1 yil davomida oʻqish imkonini beradi. Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, yashash, sugʻurta va h.k.) toʻliq qoplanadi.

Nomzodlarga asosiy talablar:
– Maktabning 9-10-sinfi yoki kollej/litseyning 1-kursida oʻqiyotgan boʻlish;
– 2006-yil 15-iyul va 2008-yilning 15-iyul sanalari oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lish.

Arizalar 2022-yil 13-oktabrgacha qabul qilinadi.

Manbalar:
FLEX dasturi haqida matnli maʼlumot

FLEX dasturi haqida video maʼlumot

FLEX gʻolibi bilan ovozli suhbat

FLEX gʻolibi bilan matn shaklidagi suhbat

@grantlar
923 views04:37
Ochish/sharhlash
2022-08-27 15:19:50 "Path to the US High Schools" dasturi finalistlari e'lon qilindi.

13 nafar ishtirokchi finalistga aylandi. 3 nafar ishtirokchi esa "waitlist" uchun qabul qilindi.

Darslar 10-sentabr kuni boshlanadi.

Finalistlarni tabriklaymiz!

O'ta olmaganlarni esa olg'a intilishga chaqiramiz.

@grantlar_namuna
3.4K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-23 13:16:00
DIQQAT E’LON!

O‘zbekistondagi eng talabgir universitetga uzoq kutilgan qabul jarayoni boshlandi. STARS International University oliygohida xalqaro hamda milliy yo‘nalishdagi talabalar “STARS” milliy diplomi bilan birgalikd, 2 ta Britaniya diplomini qo‘lga kiritadilar.

Qabul vaqti
: 19-avgustdan 10-sentyabrgacha davom etadi.

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting https://stars.university/uz/admission

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99878-129-19-19

Batafsil ma'lumot:

UZB RU

YouTube | stars.university.uz | Instagram | Facebook
7.2K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-08-14 19:43:56 "Path to the US High Schools" dasturi 3-bosqich natijalari e'lon qilindi.

32 nafar ishtirokchi 3- (yarim final) bosqichga o'tdi. Yuqoridagi ro'yhat orqali kimlar o'tganini bilib olishingiz mumkin.

3-bosqich 17-25-avgust kunlari o'tkaziladi va ishtirokchilar suhbatdan o'tadi.

3-bosqichga o'tgan ishtirokchilarni , yarim final ishtirokchisi bo'lgani bilan tabriklaymiz!

O'ta olmaganlarni esa, olg'a intilishdan va harakatdan to'xtamaslikka chaqiramiz.

@grantlar_namuna
9.6K viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash