Get Mystery Box with random crypto!

Insho tanlovlari toʻplami Insho tanlovlari koʻpchilik uchun n | Hujjat topshirish jarayonlari

Insho tanlovlari toʻplami

Insho tanlovlari koʻpchilik uchun nafaqat qiziqarli, balki moddiy jihatdan manfaatli ham boʻlgan imkoniyatdir.

Baʼzi insho tanlovlari gʻoliblarga faqatgina sertifikat taqdim etsa, ayrimlari bir necha 10 ming dollardan xorijiy davlatga bepul sayohat qilish imkonini ham beradi.

Bugun hozirda ishlar qabul qilinayotgan insho tanlovlari toʻplamini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Demak:

1. Atlas Shrugged Essay Contest:
Tanlovda 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

G'oliblar 25 dollardan 10 ming dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
2022-yil 26-sentabr.

BATAFSIL

2. ServiceScape Scholarship 2022. Tanlovda universitet talabalari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida, yozma muloqotning muhimligi va yozuvchilikning ahamiyati haqida boʻlishi va 300 soʻzdan oshmasligi kerak.

G’olibga o’qish xarajatlariga sarflashi uchun 1000 AQSH dollari pul mukofoti beriladi.

Dedlayn: 2022-yil 30-noyabr.

BATAFSIL

3. The Fountainhead Essay Contest. Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan tashkil topishi kerak.

Gʻoliblar 25 dollardan 5000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
2023-yil 27-aprel.

BATAFSIL

4. Anthem Essay Contest. Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida yozilishi va 600-1200 soʻzdan tashkil topishi kerak.

Gʻoliblar 25 dollardan 2000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
2023-yil 27-aprel.

BATAFSIL

5. Storytelling Writing Contest. Tanlovda barcha qatnashishi mumkin. Insho ingliz tilida yozilishi va 1000 soʻzdan oshmasligi kerak.

Sovrindorlar 100 dollardan 300 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi.

Dedlayn: 2023-yil 31-iyul.

BATAFSIL

Olgʻa!

@grantlar