Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.77K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 33

2022-10-15 16:01:07 Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursiniga 2-qabulni eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Erasmus Mundus magistraturani deyarli barcha sohalarda Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 30-oktabrgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
41.9K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-10-04 11:10:16
UWC dasturi g'olibi bilan video chat yozuvi

2022-yil 2-oktabrda UWC dasturi g'olibi Javlonbek Khamzaev bilan video chat qilgandik.

Chatda ariza topshirish va qabul jarayoni, qabul qilinish uchun e'tibor qaratiladigan jihatlar va boshqalar haqida gaplashildi. Shuningdek ishtirokchilar savollariga javob berildi.

Maʼlumot uchun: UWC dasturi maktab, litsey/kollej o'quvchilariga o'qishini dunyoning 4 ta qit'asida joylashgan 18 ta kollejdan birida toʻliq yoki qisman grant asosida davom ettirish imkonini beradi. Bu yilgi qabul 2022-yil 6-noyabrgacha davom etadi.

Javlonbek Khamzaev kanali: @javlonbekkhamzaev

@grantlar_namuna
2.4K views08:10
Ochish/sharhlash
2022-10-03 09:46:18 Oktabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2022-yil oktabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Women Deliver xalqaro konferensiyasi uchun toʻliq grant; konferensiyada oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin! (dedlayn: 1-oktabr)

Getty Foundation: Olim va tadqiqotchilar uchun AQSHda 9 oygacha rezidensiya dasturi; stipendiya 65 ming dollargacha (dedlayn: 3-oktabr)

Faculty Enrichment Program: OTM oʻqituvchilari uchun AQSHda 4 oylik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 10-oktabr)

Dunyoning 4-raqamli oliygohi – Stenford univrsitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant! (dedlayn: 12-oktabr)

Ozarbayjon: Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik mavzusidagi xalqaro talabalar forumi! (dedlayn: 12-oktabr)

FLEX: Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun AQSHda 1 yil davomida oʻqish imkoniyati; oʻqish davomida barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 13-oktabr)

OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi! (dedlayn: 15-oktabr)

Awake Tourism Challenge: Turizm sohasiga oid startaplar tanlovi! (dedlayn: 15-oktabr)

Estoniyada 5 oygacha tadqiqot uchun 660 yevro stipendiya – yo’l xarajatlari ham qoplanadi! (dedlayn: 15-oktabr)

AQSHda demokratiyani rivojlantirish boʻyicha 5 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 17-oktabr)

Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 28-oktabr)

Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8500 dollar stipendiya! (dedlayn: 28-oktabr)

AQSH: Oʻqituvchilar va oʻrta taʼlim sohasidagi xodimlar uchun 6 haftalik almashuv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-oktabr)

Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar! (dedlayn: 31-oktabr)

SUSIs for Young Women Leaders – ayol-qiz talabalarAQSHda 4 haftalik oʻquv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-oktabr)

Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 1020 dollargacha oylik stipendiya! (dedlayn: 31-oktabr)

Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya! (dedlayn: 31-oktabr)

SUSI for Scholars: AQSHda 5-6 haftalik malaka oshirish kursi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-oktabr)

National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi! (dedlayn: 31-oktabr)

Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi! (dedlayn: 31-oktabr)

Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
1.9K views06:46
Ochish/sharhlash
2022-10-02 17:20:51 Live stream finished (1 hour)
14:20
Ochish/sharhlash
2022-10-02 17:01:00
XALQARO MAQOLALAR TANLOVI

O‘z ilmiy maqolangiz bilan Xalqaro maqolalar tanlovida qatnashing.

Tanlov hay‘ati a‘zolari tomonidan har bir maqola o‘rganib chiqiladi va munosib o‘rin va diplom bilan taqdirlanadi.

TANLOVDA QATNASHING VA QUYIDAGI IMKONYATLARNI BOY BERMANG

Tanlovda yutsangiz sizdagi diplom:
1. Davlat mukofotlari faoliyatiga doir ilmiy ish hisoblanadi.
2. Davlat Stipendiyalariga (Prezident, A.Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino, Imom Al-Buxoriy).
3. Chet el grantlarini yutishda.
4. Xorijda tahsil olmoqchi bo'lganlarga muhim hujjat vazifasini bajaradi.

ISSN: 2654-8259
Mamlakat: Indoneziya
Tanlov sayti: journal.imras.org

Indekslanishi: Google Scholar 100%

Murojaat uchun: @imras_uzbekistan

Kanalga a‘zo boling: @imrasuz
2.7K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-10-02 15:30:03 Live stream started
12:30
Ochish/sharhlash
2022-10-02 08:59:30 Live stream scheduled for Oct 2 at 12:30
05:59
Ochish/sharhlash
2022-10-01 17:35:59 UWC dasturi gʻolibi bilan video chat!

Chat spikeri: Javlonbek Khamzaev – UWC dasturi gʻolibi.

Javlonbek UWC kollejida oʻqish uchun toʻliq grant yutib olgan. Grant oʻqish, yashash va turar joy xarajatlarini qoplaydi.

Suhbatni olib boradi: Firdavsbek Burxonov

Suhbatda ariza topshirish va qabul jarayoni, qabul qilinish uchun e'tibor qaratiladigan jihatlar va boshqalar haqida gaplashamiz. Shuningdek, savollaringizni bevosita g'olibning o'zidan so'rashingiz mumkin bo'ladi.

Chat sanasi: 2022-yil 2-oktabr, soat 17:30 (Oʻzbekiston vaqti bilan)
Chat manzili: @grantlar_namuna kanali

Maʼlumot uchun: UWC dasturi maktab, litsey/kollej o'quvchilariga o'qishini dunyoning 4 ta qit'asida joylashgan 18 ta kollejdan birida toʻliq yoki qisman grant asosida davom ettirish imkonini beradi. Bu yilgi qabul 2022-yil 6-noyabrgacha davom etadi.

@grantlar_namuna
12.9K views14:35
Ochish/sharhlash
2022-09-29 10:21:42 SUSIs for Young Women Leaders dasturiga ariza topshirayotganlar diqqatiga!

Ushbu dastur boʻyicha maxsus guruh tashkil etilgan.

Guruhda ushbu dastur yuzasidan savollaringizga dasturning 2021-yilgi qabuli gʻolibasi Shakhrizoda Isomitdinova va boshqa gʻolibalar imkon qadar javob beradi.

MUHIM. Bu dasturga faqatgina 18-25 yoshli, bakalavriatning 1, 2 yoki 3-kursida oʻqiyotgan ayol-qizlar topshira oladi.

GURUHGA QOʻSHILISH

Maʼlumot uchun: Dastur ayol-qizlarga AQSHda 4 haftalik taʼlim dasturida qatnashish imkoniyatini beradi (barcha xarajatlar qoplanadi).

@grantlar_namuna
2.8K viewsedited  07:21
Ochish/sharhlash
2022-09-28 11:36:19 Grant yutish boʻyicha qisqa maslahatlar

1. Topshirishdan oldin grant dasturini erinmasdan oʻrganib chiqing.
Grantning maqsadi, talablari, topshiriladigan hujjatlar va boshqalar bilan yaxshilab tanishib oling. Grantning qoʻllanmalari boʻlsa – oʻqing, videolari boʻlsa – koʻring, FAQ boʻlsa – oʻqing. Erinchoqlik qilmang.

2. Yozilishi kerak boʻlgan insholarni imkon qadar ertaroq tugating va tajribaliroq ustozingiz/tanishlaringizga oʻqiting. Grammatik, imlo va boshqa xato yoki kamchiliklarini boʻlsa aytadi ular. Tuzatib olishga imkoningiz boʻladi shunda. Hujjatlar maksimal darajada xatolardan xoli boʻlishi kerak.

3. Hujjatlarni rasmiylashtirishda tartibli boʻling. Agar hujjatlarni nomlashda qandaydir shart belgilangan boʻlsa (masalan, har bir hujjatda nomzodning ismi boʻlishi kerak va h.k.), shu shartga qatʼiy amal qiling.

Agar nomlash boʻyicha shart boʻlmasa, nomlarini hujjat nomi va ism-familiyangiz bilan nomlab chiqing. Masalan: Eshmatov-Toshmat-CV, Eshmatov-Toshmat-Diploma, Eshmatov-Toshmat-IELTS va h.k.

Qoʻlda toʻldiriladigan hujjat boʻlsa, bo'yamasdan, chiroyli yozuv bilan to'ldiring. Yozuvingiz nihoyatda xunuk boʻlsa, boshqa birovdan yozib berishini soʻrashingiz mumkin.

4. Koʻchirmang. Motivatsiya xati, shaxsiy bayonot, insho va shu kabi boshqa hujjatlarni yozishda internetdan tayyor namuna topib, ularning gaplarini koʻchirib olmang.

Namuna uchun oʻqib, oʻrganishingiz va ayrim soʻzlari, iboralaridan foydalanishingiz mumkin. Lekin har qanday hujjat aynan sizga xos boʻlishi kerak.

Hamma yerdan topish mumkin boʻlgan umumiy fikrlar va gaplar, ular qanchalik chiroyli yozilgan yoki kuchli boʻlishidan qatʼi nazar, qabul komissiyasidagilarni koʻnglini ozdiradi. Ular bunaqa shablon gaplarni oʻqiyverib, bezor boʻlib ketgan. Shu uchun oʻzingizga xos boʻlgan xislatlar asosida yozing.

5. Imkoni boʻlsa, topshirmoqchi boʻlgan grantingizni yutgan kishidan maslahatlar oling.

6. Javobi topilmagan savollaringizni, avvalo, grant eʼlon qilgan muassasaning oʻzidan soʻrang (email, telefon yoki boshqa vosita orqali). Boshqalar notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan javob berishi mumkin.

Agar grant eʼlon qilgan muassasaning oʻzidan javob olishning imkoni boʻlmasa, boshqa manbalardan/kishilardan javob qidirishingiz mumkin.

7. ENG MUHIMI: mana shu postni boshqa guruhlar va tanishlaringizga maksimal tarqating hamda smayliklardan birini bosing. Shunda yoʻlingiz ochilib, qatorasiga grant yutib tashlaysiz.

@grantlar_namuna
3.6K views08:36
Ochish/sharhlash