Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.77K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 34

2022-09-27 13:03:19
Xalqaro universitetlarda oʻqish sizni qoniqtirmayaptimi?
Unda oʻqishingizni STARS ga, toʻgʻridan-toʻgri 2-kursga koʻchiring!

STARS International University
ga oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar uchun, universitet “Accounting & Audit” yo'nalishi, 2-kursiga talabalar QABULI boshlanganini eʼlon qiladi!

Faqatgina Markaziy Osiyoda STARSda, oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlagandan soʻng, STARS International University ning bakalavr diplomi bilan bir qatorda, dunyoning barcha mamlakatlarida tan olingan professional global tashkilot ACCA hamda Buyuk Britaniyaning Top-50 universiteti va dunyodagi Top-300 universitetlar qatoriga kiruvchi OXFORD BROOKS UNIVERSITYdan 2 ta Britaniya diplomini qo’lga kiritadilar.

Oʻzbekistonda birinchi marta faqatgina STARSning oʻquv dasturida SAP, 1C, Microsoft kabi xalqaro dasturlar oʻrin olgan.

Agar siz, STARS taqdim etayotgan xalqaro Britaniya diplomlarini, Buyuk Britaniyada oʻqib olmoqchi boʻlsangiz, oʻqish narxi 30-35 000$ ni tashkil qiladi. Oʻzbekistondagi STARS universiteti talabalari uchun esa yiliga 24 000 000 (2180$) soʻmni tashkil etadi.

Arizalarni qabul qilish muddati tugab bormoqda.
Oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan talabalarni arizalari bevosita STARSning oʻzida, dushanbadan jumaga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun qoʻngʻiroq qiling
+99878 129 19 19
yoki telegram orqali murojaat qiling
@j_akhrorov

Bizning manzil: Toshkent, Mirzo-Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak Yo’li, Qutb koʻchasi 2-uy. Moʻljal: Pushkin metro bekati.

RU

YouTube | stars.university.uz | Instagram | Facebook
2.0K views10:03
Ochish/sharhlash
2022-09-21 08:26:48 Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun grant dasturlari

Obunachilarimiz koʻpincha “maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun ham dasturlar bormi”, deb soʻraydi.

Ha, koʻp.

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan shunday dasturlar haqida maʼlumot beramiz.

1. EducationUSA Virtual PEP – AQSH universitetlariga ariza topshirish, grant olish yoʻllari, akademik ingliz tilida yozish va boshqa koʻnikmalarni oʻrgatuvchi bepul dastur.

Arizalar qabuli 23.09.2022 gacha.

BATAFSIL

2. FLEX dasturi – AQSH maktablarida 1 yil taʼlim olish imkonini beruvchi dastur. AQSHga borish va u yerda oʻqish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar qabul 13.10.2022 gacha.

BATAFSIL

3. UWC dasturi – 4 ta qitʼada joylashgan 18 ta kollejning birida toʻliq yoki qisman grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Arizalar qabuli 06.11.2022 gacha.

BATAFSIL

4. Ocean Awareness Contest – 11-18 yoshlilar uchun ijodiy ishlar tanlovi. Gʻoliblar 100 dollardan 1500 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi.

BATAFSIL

5. Atlas Shrugged Essay Contest – 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari uchun insholar tanlovi.

G'oliblar 25 dollardan 10 ming dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Arizalar qabuli 26.09.2022 gacha.

BATAFSIL

6. The Fountainhead Essay Contest – maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi.

Gʻoliblar 25 dollardan 5000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Arizalar qabuli 27.04.2023 gacha.

BATAFSIL

7. Anthem Essay Contest – maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi.

Gʻoliblar 25 dollardan 2000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Arizalar qabuli 27.04.2023 gacha.

BATAFSIL

8. Immerse Education Essay Competition – 13-18 yoshlilar uchun insholar tanlovi. Gʻoliblar mashhur Oksford, Kembirj kabi universitetlarning yozgi maktablar uchun 100% grantni qoʻlga kiritadi.

Arizalar 04.01.2023 gacha.

BATAFSIL

9. Yale Young Global Scholars Program – maktabning 10-11-sinf o'quvchilari va kollej/litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan Yell universitetining 2 haftalik yozgi maktab. Onlayn yoki oflayn tarzda qatnashishi uchun 100% gacha grant olish mumkin.

Arizalar qabul 10.01.2023 gacha.

BATAFSIL

10. Biopage Storytelling Writing Contest – insholar tanlovi; barcha qatnashishi mumkin. Gʻoliblar 100-300 dollar bilan mukofotlanadi.

Arizalar qabul 31.07.2023 gacha.

BATAFSIL

Imkoniyatlarni boy bermang!

@grantlar
2.3K views05:26
Ochish/sharhlash
2022-09-16 18:27:59 Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Erasmus Mundus magistraturani deyarli barcha sohalarda Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 30-sentabrgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
21.9K views15:27
Ochish/sharhlash
2022-09-16 09:53:59
FLEX dasturi boʻyich dasturning rasmiy vakillari bilan yuzma-yuz taqdimotlar oʻtkaziladi!

FLEX dasturining rasmiy vakillari Emily Olmstead va Azim Khasanov FLEX haqida taqdimotlar oʻtkazish va dasturga nomzodlar bilan uchrashish uchun viloyatlarga tashrif buyuradi. Taqdimotlarda qatnashish bepul va ishtirok uchun roʻyxatdan oʻtish talab etilmaydi.

Taqdimotlarda dastur haqida batafsil maʼlumot olishingiz va savollaringizni soʻrashingiz mumkin.

Taqdimotlar quyidagi viloyatlar va manzillarda oʻtkaziladi:

- 18-sentabr, 14:00 pm,
Urganch, Tinchlik Plaza" mehmonsonasi Tinchlik koʻchasi, 31/1.
Lokatsiya.

- 19-sentabr, 15:00 pm,
Nukus, "Massaget" mehmonxonasi, J. Aymurzayev koʻchasi, 47a.
Lokatsiya.

- 20-sentabr, 15:00 pm,
Navoiy, "
Kamilla" mehmonxonasi, Axunbabayev koʻchasi, 2. Lokatsiya.

Taqdimotlar yuzasidan savollaringiz boʻlsa, ushbu emailga yuborishingiz mumkin: flex.uz@americancouncils.org.

@grantlar_namuna
20.9K viewsedited  06:53
Ochish/sharhlash
2022-09-11 17:50:24 FLEX g'olibi ishtirokidagi savol-javob guruhi

FLEX 2022-2023 dasturi g'olibi Nurislom Gulamov ishtirokida guruh tashkil etildi. Bu guruhda FLEX dasturiga oid savollaringiz bo'lsa, so'rab olishingiz mumkin. Ularga Nurislom va guruhning boshqa a'zolari javob beradi.

GURUHGA QO'SHILISH

@grantlar_namuna
12.4K views14:50
Ochish/sharhlash
2022-09-11 13:53:12 Dunyoning eng nufuzli universitetlarida oʻqish uchun toʻliq grantlar

Bugun dunyodagi eng nufuzli oliygohlarda (bakalavriat, magistratura va PhD bosqichini) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi va hozirda arizalar qabul qilinayotgan grantlar haqida maʼlumot beramiz.

1. KAIST International Student Undergraduate Scholarships – Koreyadagi KAIST (#42) universiteti bakalavriatga qabul qilingan barcha talabaga taklif qiladigan grant. Oʻqish puli, tibbiy sugʻurta qoplanadi va 260 dollar oylik stipendiya beriladi.

BATAFSIL

2. Knight-Hennessy Scholars – AQSHdagi Stenfor (#4) universitetida magistratura yoki PhD bosqichini grant asosida oʻqish imkonini beradi. Borish-kelish, oʻqish, yashash, turar joy, oziq-ovqat xarajatlari toʻliq qoplanadi.

BATAFSIL

3. AQSHdagi Princeton (#7) universitetining moliyaviy yordam dasturi – moliyaviy holatga asosan bakalavriatga kirgan talabalarni oʻqish pulidan ozod qiladi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

BATAFSIL

4. Gates Cambridge Scholarships – Kembrij (#2) universitetida magistratura, PhD va 1 yillik aspirantura dasturlarini grant asosida oʻqish imkonini beradi. Oʻqish, borish-kelish, yashash, viza va boshqa xarajatlar toʻliq qoplanadi.

BATAFSIL

5. Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme – Oksford (#4) universitetida magistraturani grant asosida oʻqish imkonini beradi. Oʻqish puli qoplanadi va yillik stipendiya beriladi.

BATAFSIL

6. Calerdon Scholarship – Oksford (#4) universitetida magistratura va PhD bosqichini grant asosida oʻqish imkonini beradi. Oʻqish puli qoplanadi va yillik stipendiya beriladi.

BATAFSIL

7. AQSHdagi Stenford (#4) universitetining moliyaviy yordam dasturi – moliyaviy holatga asosan bakalavriatga kirgan talabalarni oʻqish pulidan ozod qiladi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

BATAFSIL

8. Chevening dasturi – Britaniyadagi universitetlar, jumladan, eng nufuzli universitetlarda magistraturani oʻqish imkonini beradi. Borish-kelish, oʻqish, yashash, turar joy va boshqa xarajatlar qoplanadi.

BATAFSIL

@grantlar_namuna
12.5K viewsedited  10:53
Ochish/sharhlash
2022-09-10 17:47:05
Application Instructions
Please join our online zoom and Facebook online sessions to find out more about the FLEX program requirements and the application process. Our program staff members Emily Olmstead (FLEX program director) and Azim Khasanov (Senior program officer) will show step by step instructions on how to apply and answer your questions regarding the program.

When: Sep 12, 2022 3:00 PM Tashkent

Zoom Meeting
Facebook page

To apply, please visit: ais.americancouncils.org/flex
For more information: discoverflex.org

For inquiries, please follow the program announcements:
Instagram | Telegram | Facebook | Website
8.3K views14:47
Ochish/sharhlash
2022-09-10 10:55:40 Chevening grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Chevening boʻyicha toʻliq tartibli professional konsultatsiya dasturini eʼlon qiladi.

Dasturning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz va toʻgʻri topshirishingizda yordam beradi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Chevening magistraturani deyarli barcha sohalarda Buyuk Britaniya universitetlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Dasturni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Mentorlik kursiga qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi – 2022-yil 25-sentabr. Undan oldin roʻyxatdan oʻtganlar uchun darslar ertaroq boshlanadi.

Kamida 2 yillik (2800 soat) ish tajribasiga ega va ingliz tilini yetarli darajada biluvchilar qatnashishi mumkin.

Dastur haqida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

P.S. Dasturda qatnashish pullik (450 ming soʻm).

@grantlar_namuna
6.2K views07:55
Ochish/sharhlash
2022-09-06 11:19:22 5-sentabr, 22:00 da FLEX 2022-2023 dasturi g'olibi Nurislom Gulamov bilan bo'lgan ovozli chat audiosi.

Nurislomning telegramda oʻz kanali bor, qiziquvchilar qoʻshilishi mumkin: @exchangestudent_Nurislom

Suhbat uchun Nurislomga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

FLEX dasturi boʻyicha barcha manbalar

@grantlar_namuna
3.0K viewsedited  08:19
Ochish/sharhlash
2022-09-06 05:45:00 FLEX boʻyicha savollarga javoblar.

Quyida FLEX 2023-2024 dasturi boʻyicha eng koʻp berilayotgan va eng muhim savollarga javoblar berilgan.

1. 2006-yil 15-iyuldan keyin tugʻilganman, lekin 11-sinfman yoki kollej/litseyning 2-kurs talabasiman. FLEX dasturiga qatnasha olamanmi?
– Yoʻq. Faqat 2006-yil 15-iyul va 2008-yil 15-iyul oraligʻida tugʻilgan maktabning 9-10-sinf va kollej/litseyning 1-kurs oʻquvchilari qatnasha oladi.

2. FLEX dasturi davomida AQSH universitetiga hujjat topshirib, qabul qilinsam, FLEX tugagach AQSHda qolsam boʻladimi?
– Yoʻq, boʻlmaydi. FLEX ishtirokchilari dastur tugagach vataniga qaytishi SHART. Qaytgach AQSH universitetiga topshirib, qaytadan viza uchun hujjat topshirishingiz va universitet qabul qilsa hamda viza chiqsa, keyin AQSHga qaytsangiz boʻladi.

3. Qatnashish uchun til sertifikatim (IELTS, TOEFL va h.k.) boʻlishi shartmi?
– Yoʻq, shart emas. Til sertifikatisiz ham bemalol qatnashish mumkin.

4. Ingliz tilini bilish darajam qanday boʻlishi kerak?
– FLEX ingliz tili dasturi emas. Shu uchun ingliz tili darajasi uchun aniq talab qoʻyilmagan. Agar nomzodda FLEX dasturi uchun barcha xislatlar boʻlsa, lekin til darajasi u qadar yuqori boʻlmasa, til boʻyicha qoʻshimcha tayyorgarlik kursi qoʻyib beriladi.

Lekin hozirga qadar FLEXga qabul qilingan oʻzbek oʻquvchilarning aksariyatida til darajasi kamida B2 darajada boʻlgan. Lekin til darajangiz qancha yuqori boʻlsa, oʻzingiz uchun shuncha yaxshi.

5. Nogironligim bor, men ham qatnashsam boʻladimi?
– Albatta, boʻladi. FLEX dasturi nogironligi bor oʻquvchilarni ham dasturga ariza topshirishga ragʻbatlantiradi. Hozirga qadar FLEX dasturiga dunyo boʻylab 300 dan ortiq nogironligi bor (koʻzi ojiz, qulogʻi ogʻir/eshitmaydigan, jismoniy kamchiliklarga ega) oʻquvchilar qabul qilingan.

6. Gʻolib boʻlsam, qaysi shtat, shahar yoki maktabda oʻqishni oʻzim tanlaymanmi?
– Yoʻq, siz tanlamaysiz. Oʻquvchilar boradigan shtat va maktablarni dastur maʼmuriyati belgilab beradi.

7. FLEX gʻoliblarning qanday xarajatlarini qoplaydi?
– Barcha xarajatlar (AQSHga borish-kelish, yashash, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) qoplanadi.

8. Imtihonda qanday savollar tushadi?
– Asosan ingliz tilidan savollar tushadi va ayrim testlarda orada 3-4 ta matematikadan savol tushishi mumkin.

9. Imtihonga qanday tayyorlansam boʻladi?
– Shunchaki, ingliz tilingizni (reading, listening, writing, speaking) orqali tayyorlaning.

10. Suhbatda ingliz tilida gapirish shartmi?
– Yoʻq, shart emas. Oʻzbek yoki rus tilida gapirsangiz ham boʻladi. Lekin ingliz tilida gapira olsangiz, ingliz tilida gapirish tavsiya etiladi.

Suhbatda oʻzbek yoki rus tilida gapirib, FLEX dasturini yutganlar anchagina.

11. Bu yilgi qabulda gʻolib boʻlsam, AQSHga qachon ketaman?
– 2023-yil kuzda ketasiz va keyingi yili qaytasiz.

12. Oʻzbekistondan nechta oʻquvchi qabul qilinadi?
– 2019-yildagi qabulda 19 nafar, 2020-va 2021-yildagi qabulda 40 nafardan oʻzbek oʻquvchi qabul qilingan. Shundan kelib chiqib, bu yili ham oʻrtacha 30-40 nafar oʻquvchi qabul qilinishini taxmin qilish mumkin.

13. FLEX dasturiga qayerda roʻyxatdan oʻtaman va ariza topshiraman?
– Arizalar MANA BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirishni boshlashdan oldin akkaunt yaratishingiz kerak (Create an account). Arizalar 13-oktabrgacha qabul qilinadi.

14. AQSHda o'qib kelgan yilim O'zbekistindagi maktabda hisobga olinadimi?
– Agar siz o'qiydigan (O'zbekistonda) maktab, litsey yoki kollej Xalq ta'limi vazirligiga qarasa, ha, hisobga olinadi. Masalan, 9-sinfni bitirib, AQSHga FLEX orqali ketdingiz, 10-sinfni AQSHda tugatdingiz. O'zbekistonga qaytgach, o'qishni 11-sinfdan davom ettirasiz.

Xususiy ta'lim muassasasida o'qisangiz, buni o'sha o'qish joyingizdan so'rab ko'ring.

15. Muhim:
– Akkaunt ochishda o'zingiz doim ishlatadigan, paroli yodingizda bo'lgan emaildan foydalaning. Emailingiz bo'lmasa, oching va login hamda parolini qayergadir yozib, saqlab qo'ying. Saralash davomida shu emailingizga xabarlar yuborib turiladi.

Email ochish bo'yicha tavsiyalarni BU YERDAN topasiz.

FLEX dasturi haqida batafsil

Barcha nomzodlarga omad tilaymiz!
4.0K views02:45
Ochish/sharhlash