Get Mystery Box with random crypto!

G'azna

Telegram kanalining logotibi gazna1 — G'azna G
Telegram kanalining logotibi gazna1 — G'azna
Kanal manzili: @gazna1
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.15K
Kanalning ta’rifi

Data-jurnalist Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali.
Davlat pullari nimaga ishlatilayotgani, qanday qiziqarli holatlar bo'layotganini kuzataman va bo'lishaman.
G'iybatxona: @gazna_chat
Murojaat: @gaznabot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-03-10 12:36:44
Agar bu rost bo'lsa, xalqni asabiga o'ynayapsan deb kanalimni yopib qo'yishmasmikan?

@gazna1
857 viewsedited  09:36
Ochish/sharhlash
2023-03-10 12:03:56 Litseyda o'qish davomida tushlikka 2 ta perashki bilan 1 ta pivo berishsa, yo'q degan bo'larmidiz?

Bu post o'quvchilarga ovqat yetkazish uchun quruvchi va pivo sotuvchi do'kon bilan raqobatlashgan firma haqida.

Namangan davlat muxandislik va NamDU litseylariga kim ovqat yetkazib bergani yaxshiroq deb o'ylaysiz?

1. Ovqat yetkazish bilan shug'ullanuvchi firma
2. Yo'l qurilishi bilan shug'ullanuvchi firma
3. Bino qurilishi bilan shug'ullanuvchi firma
4. Alkogolsiz ichimliklar va pivo sotuvchi do'kon

Xm, manimcha birinchisida yutish imkoni ko'proq va bu yerda sog'lom raqobat yo'q.

Xullas, ovqat yetkazish bilan shug'ullanuvchi "Muzaffar food" MChJ 1 yildan buyon yuqoridagi 2 litseyga ovqat tashish bilan bog'liq tenderlarni yutib kelgan.

Umumiy hisobda 4,2 milliard so'mlik 9 ta tenderni yutgan, 2-3 tasini shartnomasi bekor qilingan.

Tenderda asosan qurilish tashkilotlari, ba'zida esa pivo savdosi bilan shug'ullanuvchi firma bilan ham raqobatlashgan.

Tasavvur qiling bu yerda sog'lom raqobat bo'lgan bo'sayu, pivo sotuvchi do'kon yutib ketsa?

Xullas, deyarli barcha tenderlarda bittagina raqobatchisi bo'lgan, faqatgina 2 tenderda 3 ta raqobatchi.

Asosiy raqobatchisi Toshkentda joylashgan "Status Trans Preject" qurilish firmasi. Balki firma ovqat ham tashir deysizmi? Manimcha unday emas. Firma yutgan tenderlarga e'tibor berilsa, u faqat yo'l qurilishi bilan bog'liq tenderlarda g'alaba qozongan.

Bu yerda ham savol bor, u "Qamchiqyo'l" unitar korxonasining tenderlarida yutadi.

Bu firmaning doimiy yagona raqobatchisi u bilan deyarli bir manzilda joylashgan "Asian Road Servis"dir.

Tenderlarda yoki Asian Road yoki u bilan bog'liq qanaqadir firmalar unga raqobatchi bo'ladi, deyarli hamma tenderda. Faqat shular, boshqalar yo'q.

Xo'sh, manga bular qatnashayotgan tenderlarda sog'lom raqobat yo'q va o'yinlar bor bo'lib tuyulyapdi. Sizgachi?

Bu savollar tender komissiyasida ham bo'lganmikin?

@gazna1
1.1K viewsedited  09:03
Ochish/sharhlash
2023-03-09 17:13:05 Aytgancha (bilaman bugun ko'p yozvordim, kechiringlar ), kanalni videoformati ustida ish boshladim.

Hozir ssenariy yozyapman. Anchadan beri ikki mavzuni kanalga chiqarmay olib qo'yganman. 1-2-sonlarda batafsil aytib bermoqchiman.

Youtubeda ozg'ingina yigitni aqllili qilayotganini ko'rasizlar degan umiddaman

@gazna1
1.1K viewsedited  14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-09 17:04:10 Hujjatlarni o'zbek tilida ham qilish kerak

Davlat xaridlari portalidagi hujjatlarning ko'pi rus tilida bo'ladi. Bu yaxshi emas.

Hozir til masalasida provokatsion narsa yozmoqchimasman. Rus tilini juda yaxshi bilaman va bu man uchun muammo emas.

Muammo shundaki, davlat xaridlarini o'rganuvchi jurnalist kadrlar yetishib chiqishi qiyin bo'ladi.

Manga ba'zi ba'zida yozishadi qanday o'rgansa bo'ladi, tushunmayapmanku deb. Ularning orasida rus tilini bilmaydiganlar ham bor. Buni ustiga rus tilini bilmaydigan aholi vakillari qancha.

Tender hujjatlarini o'zbek tilida qilinishi va rus tiliga tarjimasi yuklanishi tarafdoriman. Aks holda bu ma'lumotlar faqat rus tilini biluvchilar uchun bo'lib qolyapdi.

Yaqinda Moliya vazirligiga davlat xaridlari bo'yicha takliflar ro'yxatimni yuboraman. Aslida bir oy avval yuborishimni kelishgandik, bu yo'nalishda yozmay qo'yganimga yarim yil bo'lgani uchun, ishlab yana qanday muammolar borligini tushunay deb indamay turgandim.

Vazirlik odatda asosli takliflarni inobatga oladi, o'zim misolimda aytishim mumkin. Avval man va boshqalar bergan ba'zi takliflar mevasini hozirgi ba'zi qulayliklar ko'rinishida yeyapmiz.

@gazna1
1.1K viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2023-03-09 15:59:03 O'zbekiston banklari xodimlarining ish kiyimi qanchaga tushadi?

Buni Mikrokreditbank misolida ko'rish mumkin. Bugun e'lon qilingan tender natijalariga ko'ra, har bir komplekt kiyim 1,1 million so'mga tushadi.

Mikrokreditbank ushbu narxda 2500 ta komplekt kiyim sotib olyapdi, umumiy summa 2,7 milliard so'm.

Tenderda kiyim savosi bilan shug'ullanuvchi firma bilan, lak-bo'yoq sotadigan firma raqobatlashgan. Teng raqobat bo'lganiga shubham bor.

Kiyim to'plami ayollar uchun:

Kastyum, pidjak, yubka, bluzka va galstuk

Erkaklar uchun:

Kostyum shim, ko'ylak va galstuk

Mikrokreditbankning deyarli 98% davlatga tegishli.

@gazna1
5.3K views12:59
Ochish/sharhlash
2023-03-09 14:52:17 Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish loyihasi muhokama qilinyapdi.

Bu muhim jarayonni imkon qadar kuzatishni maslahat beraman.

Hozircha o'ylayotgan narsam: manga savol berish uchun so'z olsang, maqsadga o't birdan deb o'rgatishgan. Bu noto'g'ri ekanligini tushundim.

Deputatlarimiz qilinayotgan ishlarni qayd etib, kimdirlarga rahmat aytib, islohotlarni eslab, oxiri 2-3 minutlardan keyin savol berishyapdi.

Balki man ham davlat tashkilotlariga so'rovlarimni shunday qilsam javob tezroq kelar. Savol berish qoidasini tushunmasman.

Savol berishni manga noto'g'ri o'rgatishibdi

@gazna1
902 viewsedited  11:52
Ochish/sharhlash
2023-03-09 06:15:42 O'yinchoq tenderlar va buni "sezmayotgan" idoralar

Oxirgi 8 soat ichida "Suv ta'minoti" Unitar korxonasi tomonidan umumiy summasi deyarli 120 million so'm bo'lgan 85 ta tender bo'yicha natijalar e'lon qilindi.

85 ta tender? Umumiy 120 million so'm? Shunda har biri 1,2 - 1,5 milliondanmi? Jinnimisan Nodir, arzimas pullaru deysiz. O'ziz shunaqa deyman man

Mayli, jiddiylashadigan bo'lsam. Bu yerda ketkazilayotgan mablag'dan tashqari boshqa jihat bor.

Tenderlarda faqat ikkita korxona qatnashyapdi, hammasida bir hil ishtirokchilar va ikkovi ham Qurilish vazirligiga tegishli.

Ajoyib raqobat-a? Vazirlikning bir korxonasi boshqasiga raqobatdosh, tender o'tkazayotgan boshqa davlat tashkiloti esa xuddi buni bilmagandek tasdiqlab yuboryapdi

Tender konsalting xizmati uchun o'tkazilyapdi. Xo'sh, ulardan boshqa konsalting kompaniya topilmadimi? Yoki bu ishtirokchilar yagona yetkazib beruvchi reestirida bormi? Nega unda to'g'ridan to'g'ri xarid o'tkazilmayapdi?

Chunki qonun bo'yicha mumkinmas deysizmi? Barakalla. Qonun bo'yicha tenderni tanish bilish va o'yin qilib o'tkazish ham mumkin emas.

Xo'sh, tender ishtirokchilari:

1. Qurilishda tanlov savdolari va narxlarini shakllantirish Toshkent viloyati konsalting markazi DUK
2. Xuddi shu markazni Sirdaryo filiali.

Toshkent viloyati bo'yicha hozircha Yangiyo'l, Bekobod, Oxangaron va boshqa ba'zi tuman va shaharlar bo'yicha o'tkazilgan 85 ta tenderda faqatgina mana shu ikki korxona raqobatchi bo'lib kelmoqda va birinchisi g'alaba qozonib kelyapdi.

Endi Sirdaryo viloyatidagi ushbu markazning qatnashgan tenderlarga qaraymiz. Xm, topingchi unga yagona raqobatchi bo'lib kim qatnashib keladi? Toshkent Viloyati konsalting markazi. Kelishib olishganmikin? Tender o'tkazayotgan davlat tashkilotlari ular haqidagi ma'lumotni tekshirayotganda ikkalasi ham Qurilish vazirligiga tegishliligini rostan payqamay qolishdimikin?

Ko'ramiz keyingi tumanlar va viloyatlar qanaqa bo'lishini. Tahminimcha har bir viloyatning o'z monopolist "markazi" bor.

Man xususiy sektor rivoji tarafdoriman, shu sababdan ham qancha summada bo'masin, har qanday tender toza raqobat bilan o'tishi kerak deb hisoblayman.

@gazna1
877 viewsedited  03:15
Ochish/sharhlash
2023-03-07 16:29:18 Fevral oyida oltin zaxiralarimiz 500 mln dollarga ko'payibdi

Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonni umuman xalqaro zaxira aktivlari 174,4 mln dollarga ko'payib, 35,7 milliard dollarga yetgan.

Bu o'sishda oltinni qimmatlashuvi asosiy rol o'ynagan. Fevral oyida oltinimiz 23,5 mlrd dollarga yetgan, bu uning qiymati 491 mln dollarga ko'paydi degani.

Oltin narxi yil boshida 1812 dollar edi, endi 1905 dollargacha koʻtarilgan, shu sababdan xalqaro zaxiralar 1,15 milliard dollarga ortgan.

Kambag'almiz deysizlar, mana, shuncha pulimiz borakanu

@gazna1
11.7K viewsedited  13:29
Ochish/sharhlash
2023-03-06 17:13:14 Elektron hukumat

Texnologiya va elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha biror tender ko'rib qolsam doim xursand bo'laman.

Masalan, Elektron hukumat loyixalarini boshqarish markazi yaqinda 1,7 milliard so'mlik tender o'tkazgan. Davlat to'lovlarini onlayn qilamizku, shu sistemani oyma oy texnik qo'llab quvvatlovchi kompaniyani tanlashgan.

Tenderda ikki korxona qatnashgan va biri bir so'm ham tushirmagan. Yana bir ikki holatlar bor, lekin o'yin bo'lgan deyishga asosim yo'q bari bir. Gap bunda emas, gap bu xaridni man shaxsan hayotimda ko'rayotganimda.

Kecha Toshkentda yangi ID pasport oldim, Qarshilik bo'lganim uchun Qarshiga borishim kerak, mahalladan spravka va boshqa narsalar deb o'ylagandim. Lekin unaqa bo'lmadi, navbatda turganimni inobatga olmasa, yarim soat ariza topshirishga ketti va pastortim 2 soatda chiqdi.

Elektron hukumatni rivojlantirish va unga mablag' ayamaslik kerak deb o'ylayman (albatta nazorat qilgan holda).

Pasport stollarda sharoit ko'ngildagidek emas, manimcha bu yaxshigina muammo. O'sha o'sha janjallar haligacha davom etyapdi

2018-yilda kechiktirib pasport olganimda qanchadan qancha hujjat yig'ib yurgandim, hammamizni boshimizdan o'tgan manimcha.

Xullas, elektron hukumat bo'yicha xaridlarni oshirish kerak va man bu barcha tashkilotlarga kirib borishi tarafdoriman. Sababi samarasini o'z misolimda ko'ryapman, ortiqcha tashvish rostan kamaygan.

Oqlayman va duo qilaman.

@gazna1
1.2K viewsedited  14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-06 15:51:30
Oxirgi paytlar meditsinamiz bilan bog'liq ko'p negativ aylandi, kechagi voqea buni ayniqsa oshirib yubordi.

Bu sohadagi statistikaga ancha avval qiziqqandim va bir masala haqida batafsil yozmoqchiman.

2007-yil, deyarli 16 yil ichida meditsinamizda ba'zi mutaxassisliklar bo'yicha vrachlar o'sishi u yoqda tursin, xatto kamayib ketgan. 16 yil oldin aholimiz hozirgidan 9 millionga kam bo'lgan. Aholi 9 millonga ko'paydi, mutaxassislar esa yo'q.

Faqatgina terapevt va jarrohlarimiz ko'paygan holos, qolgan yo'nalishlarda yoki kamaygan, yoki o'sha o'sha son.

Shuncha universitetni qanchadan qancha talaba bitiryapdi, qani ular?

Bu juda katta mavzu, lekin o'zimcha tahminim bor: sohang rasmiy statistikaga ko'ra mamlakat bo'yicha eng kam maosh oladigan soha bo'lsa, sani ham ishlaging kelmay qolsa kerak.

Balki boshqa sabablar bordir. Nima bo'lsa ham, statistikaga ishonadigan bo'lsak, tibbiyot mutaxassislarimizni yo'qotyapmiz.

@gazna1
1.7K viewsedited  12:51
Ochish/sharhlash