Get Mystery Box with random crypto!

Litseyda o'qish davomida tushlikka 2 ta perashki bilan 1 ta pi | G'azna

Litseyda o'qish davomida tushlikka 2 ta perashki bilan 1 ta pivo berishsa, yo'q degan bo'larmidiz?

Bu post o'quvchilarga ovqat yetkazish uchun quruvchi va pivo sotuvchi do'kon bilan raqobatlashgan firma haqida.

Namangan davlat muxandislik va NamDU litseylariga kim ovqat yetkazib bergani yaxshiroq deb o'ylaysiz?

1. Ovqat yetkazish bilan shug'ullanuvchi firma
2. Yo'l qurilishi bilan shug'ullanuvchi firma
3. Bino qurilishi bilan shug'ullanuvchi firma
4. Alkogolsiz ichimliklar va pivo sotuvchi do'kon

Xm, manimcha birinchisida yutish imkoni ko'proq va bu yerda sog'lom raqobat yo'q.

Xullas, ovqat yetkazish bilan shug'ullanuvchi "Muzaffar food" MChJ 1 yildan buyon yuqoridagi 2 litseyga ovqat tashish bilan bog'liq tenderlarni yutib kelgan.

Umumiy hisobda 4,2 milliard so'mlik 9 ta tenderni yutgan, 2-3 tasini shartnomasi bekor qilingan.

Tenderda asosan qurilish tashkilotlari, ba'zida esa pivo savdosi bilan shug'ullanuvchi firma bilan ham raqobatlashgan.

Tasavvur qiling bu yerda sog'lom raqobat bo'lgan bo'sayu, pivo sotuvchi do'kon yutib ketsa?

Xullas, deyarli barcha tenderlarda bittagina raqobatchisi bo'lgan, faqatgina 2 tenderda 3 ta raqobatchi.

Asosiy raqobatchisi Toshkentda joylashgan "Status Trans Preject" qurilish firmasi. Balki firma ovqat ham tashir deysizmi? Manimcha unday emas. Firma yutgan tenderlarga e'tibor berilsa, u faqat yo'l qurilishi bilan bog'liq tenderlarda g'alaba qozongan.

Bu yerda ham savol bor, u "Qamchiqyo'l" unitar korxonasining tenderlarida yutadi.

Bu firmaning doimiy yagona raqobatchisi u bilan deyarli bir manzilda joylashgan "Asian Road Servis"dir.

Tenderlarda yoki Asian Road yoki u bilan bog'liq qanaqadir firmalar unga raqobatchi bo'ladi, deyarli hamma tenderda. Faqat shular, boshqalar yo'q.

Xo'sh, manga bular qatnashayotgan tenderlarda sog'lom raqobat yo'q va o'yinlar bor bo'lib tuyulyapdi. Sizgachi?

Bu savollar tender komissiyasida ham bo'lganmikin?

@gazna1