Get Mystery Box with random crypto!

O'yinchoq tenderlar va buni 'sezmayotgan' idoralar Oxirgi 8 s | G'azna

O'yinchoq tenderlar va buni "sezmayotgan" idoralar

Oxirgi 8 soat ichida "Suv ta'minoti" Unitar korxonasi tomonidan umumiy summasi deyarli 120 million so'm bo'lgan 85 ta tender bo'yicha natijalar e'lon qilindi.

85 ta tender? Umumiy 120 million so'm? Shunda har biri 1,2 - 1,5 milliondanmi? Jinnimisan Nodir, arzimas pullaru deysiz. O'ziz shunaqa deyman man

Mayli, jiddiylashadigan bo'lsam. Bu yerda ketkazilayotgan mablag'dan tashqari boshqa jihat bor.

Tenderlarda faqat ikkita korxona qatnashyapdi, hammasida bir hil ishtirokchilar va ikkovi ham Qurilish vazirligiga tegishli.

Ajoyib raqobat-a? Vazirlikning bir korxonasi boshqasiga raqobatdosh, tender o'tkazayotgan boshqa davlat tashkiloti esa xuddi buni bilmagandek tasdiqlab yuboryapdi

Tender konsalting xizmati uchun o'tkazilyapdi. Xo'sh, ulardan boshqa konsalting kompaniya topilmadimi? Yoki bu ishtirokchilar yagona yetkazib beruvchi reestirida bormi? Nega unda to'g'ridan to'g'ri xarid o'tkazilmayapdi?

Chunki qonun bo'yicha mumkinmas deysizmi? Barakalla. Qonun bo'yicha tenderni tanish bilish va o'yin qilib o'tkazish ham mumkin emas.

Xo'sh, tender ishtirokchilari:

1. Qurilishda tanlov savdolari va narxlarini shakllantirish Toshkent viloyati konsalting markazi DUK
2. Xuddi shu markazni Sirdaryo filiali.

Toshkent viloyati bo'yicha hozircha Yangiyo'l, Bekobod, Oxangaron va boshqa ba'zi tuman va shaharlar bo'yicha o'tkazilgan 85 ta tenderda faqatgina mana shu ikki korxona raqobatchi bo'lib kelmoqda va birinchisi g'alaba qozonib kelyapdi.

Endi Sirdaryo viloyatidagi ushbu markazning qatnashgan tenderlarga qaraymiz. Xm, topingchi unga yagona raqobatchi bo'lib kim qatnashib keladi? Toshkent Viloyati konsalting markazi. Kelishib olishganmikin? Tender o'tkazayotgan davlat tashkilotlari ular haqidagi ma'lumotni tekshirayotganda ikkalasi ham Qurilish vazirligiga tegishliligini rostan payqamay qolishdimikin?

Ko'ramiz keyingi tumanlar va viloyatlar qanaqa bo'lishini. Tahminimcha har bir viloyatning o'z monopolist "markazi" bor.

Man xususiy sektor rivoji tarafdoriman, shu sababdan ham qancha summada bo'masin, har qanday tender toza raqobat bilan o'tishi kerak deb hisoblayman.

@gazna1