Get Mystery Box with random crypto!

Elektron hukumat Texnologiya va elektron hukumatni rivojlanti | G'azna

Elektron hukumat

Texnologiya va elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha biror tender ko'rib qolsam doim xursand bo'laman.

Masalan, Elektron hukumat loyixalarini boshqarish markazi yaqinda 1,7 milliard so'mlik tender o'tkazgan. Davlat to'lovlarini onlayn qilamizku, shu sistemani oyma oy texnik qo'llab quvvatlovchi kompaniyani tanlashgan.

Tenderda ikki korxona qatnashgan va biri bir so'm ham tushirmagan. Yana bir ikki holatlar bor, lekin o'yin bo'lgan deyishga asosim yo'q bari bir. Gap bunda emas, gap bu xaridni man shaxsan hayotimda ko'rayotganimda.

Kecha Toshkentda yangi ID pasport oldim, Qarshilik bo'lganim uchun Qarshiga borishim kerak, mahalladan spravka va boshqa narsalar deb o'ylagandim. Lekin unaqa bo'lmadi, navbatda turganimni inobatga olmasa, yarim soat ariza topshirishga ketti va pastortim 2 soatda chiqdi.

Elektron hukumatni rivojlantirish va unga mablag' ayamaslik kerak deb o'ylayman (albatta nazorat qilgan holda).

Pasport stollarda sharoit ko'ngildagidek emas, manimcha bu yaxshigina muammo. O'sha o'sha janjallar haligacha davom etyapdi

2018-yilda kechiktirib pasport olganimda qanchadan qancha hujjat yig'ib yurgandim, hammamizni boshimizdan o'tgan manimcha.

Xullas, elektron hukumat bo'yicha xaridlarni oshirish kerak va man bu barcha tashkilotlarga kirib borishi tarafdoriman. Sababi samarasini o'z misolimda ko'ryapman, ortiqcha tashvish rostan kamaygan.

Oqlayman va duo qilaman.

@gazna1