Get Mystery Box with random crypto!

Hayot falsafasi 🍃

Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃 H
Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃
Kanal manzili: @falsafasi_hayot
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 67.06K
Kanalning ta’rifi

Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!
📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!
Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi
Cреатор: Моҳинур ))
#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2024-06-07 15:39:25
Yosh bolalarning “Sevgi nima?” mavzusida fikrlari.

Kichik bolakaydan so‘rashdi:
–Sevgi nima?
–Sevgi bu – o‘zim sovuqqotishimni bilsam-da kurtkamni singlimga kiydirib qo‘yishim.

Boshqa bolakaydan so‘rashganda esa:
Singlim sumkamdagi shokoladimni mendan so‘ramay olib qo‘yishini bilsam-da, har kun yana boshqasini uning o‘rniga solib qo‘yishim sevgi, deb javob berishibdi.

Naqadar beg'ubor tuyg'ular.

@falsafasi_hayot
14.1K viewsedited  12:39
Ochish/sharhlash
2024-06-07 06:37:38
Bir kishi ayoli bilan nonushta qilib bo'lgach, ish xonasiga kalitlarini olish uchun kirib ketdi.
Stol va televizor ustida chang borligini ko'rdi va kalitlarni olmasdan, ayolini chaqirib, undan kalitlarni olib berishini iltimos qildi.
Ayoli kalitlarga qo'l uzatarkan, stol ustidagi changda barmoqlar bilan yozilgan «Seni sevaman..» yozuvini ko'rdi.
Xonadan chiqayotganda esa, televizor ustidagi changda
«Sen mening suyukli rafiqamsan..» yozuvini ko'rdi.
Ayol kalitlarni xojasiga uzatarkan, tabassum qildi va,
«Vazifa tushunarli bo'ldi, bundan keyin uy ishlariga yanada e'tiborliroq bo'laman.
Menga ajoyib shaklda, muhabbat ila tushuntirganingiz uchun sizdan minnatdorman» dedi.

Bu aqlli va Allohdan qo'rqqan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan o'rnak olgan bir mo'minning ishidir.

@falsafasi_hayot
24.5K views03:37
Ochish/sharhlash
2024-06-06 16:46:04
Texas restoranlaridan birida qiziq voqea ro‘y bergan. Bir kuni bir ust-boshi kir qariya restoranga kirgan va qaltirab qaqshab stolga zo‘rg‘a bir amallab o‘tirib olgan. Undan jirkangan xo‘randalar ham undan olisroqqa turib ketishgan va ofisiantlar ham undan jirkanib hech biri uning yoniga borib xizmat qilishni istamaganlar. Shunda Mariya ismli bir ofisiant qiz uning yoniga borganu, undan buyurtma qabul qilib xizmat ko‘rsatishni boshlagan. Menejer esa Mariyaga agar bu daydi pulini to‘lamasa unga o‘z hisobidan to‘latishini aytib po‘pisa ham qilgan. Ammo Mariya bunga rozi bulib daydiga xizmat qilgan. Hisob kitob vaqti kelganida esa hamma hayron qolgan. Daydi pulni to‘lagan va ustiga ustak yana qo‘shimchasiga 100 dollar choy uchun ham qoldirgan. Tarelkaning tagiga esa bir xat qoldirib ketgan. Unda shunday so‘zlar yozilgan edi
-"Sen doimo yaxshilik qilar ekansan, bu ishing hali seni umring davomida ko‘p mushkullaringni oson qiladi" - deb yozilgan edi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha bu "daydi" restoranning egasi bo‘lib o‘z xodimlarini sinash maqsadila shu qiyofada tashrif buyurgan ekan. Mariya esa restoranning bosh menejeri bo‘lib ko‘tarildi va shundan keyin uning hayotida yuksalishlar davri boshlandi.
Chunki bu dunyoda yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi....

@falsafasi_hayot
16.3K views13:46
Ochish/sharhlash
2024-06-06 09:36:57
—Mana shu duoni yodla.
—Xo‘p, xo‘p...

***
—Tunov kuni aytgan duomni yodladingmi?.
—Adasi, esimdan chiqibdi, yodlayman, inshaalloh...

***
— O‘sha kuni aytgan duoni yodladingmi, aytib ber.
— Yo‘q, hali...
— Duoni yodlashing shart keyin, har kuni qirq marta aytishing kerak. Uning boshi tavhid, o‘rtasi tasbeh, oxiri istig‘fordir. Shuncha she’r yodlagan odamga bitta duoni yodlash shu qadar qiyinmi?
Yodlamasam qutulmasligimni bilaman. Ishdan kelsam, uyda hech kim yo‘q ekan. Ovozimni chiqarib yuz marta qaytargandim va nihoyat yod oldim. Endi xursand bo‘lib o‘tiribman. Alhamdulillah

Yodlaganimni aytib "suyunchi" olsam, yana rag‘batlantirib qo‘ydilar.

—“La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn”

ni ko‘p aytishing kerak. Bu zikr g‘amlarga qahr ko‘rsatib, shodlikni jalb qiladi. Bu Yunus alayhissalomning duolari bo‘lib, shu duolari sababli nahang qornidan qutilganlar.

Bizga shodlik sog‘inganlardan Alloh rozi bo‘lsin.

Sizning ham shunday ustozingiz bormi?

Feruza Salxodjayeva


@falsafasi_hayot
26.3K views06:36
Ochish/sharhlash
2024-06-06 06:20:16
HAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!

Bir necha yil oldin Turkiyada bir dahriysifat odam masjid imomiga so‘z qotibdi: «Boshqa xalqlar Oyga uchib, yer boyliklaridan qanday foydalanishni qoyillatib, taraqqiyotga erishmoqda. Sizlar bo‘lsa haliyam besh mahal masjidga qatnab, ro‘za tutib, o‘ralashib yuribsizlar».
Imom domla unga sokingina shunday debdi:
- Necha yoshga kirdingiz?
- 65 ga
- Namoz o‘qiysizmi?
- Yo‘q, shu paytgacha o‘qimadim, bundan keyin ham o‘qimasam kerak.
- Oyga chiqdingizmi yoki biror kashfiyot qildingizmi?
- Yo‘q, nimaydi?
- Biz namozu ro‘za bilan band bo‘lib Oyga ucha olmagan bo‘lsak, siz nima qilib yerda qolib ketdingiz?
- Ha, endi...
- Bizku namoz o‘qib, ro‘za tutib hech yo‘q o‘zimizni, oilamizni tarbiya qildik, farzandlarimizni jamiyatga yaxshilik qiladigan kishilar etib yetishtirdik. Siz o‘zingiz nimani qoyillatdingiz? O‘zingiz ikki tomonni ham ushlamay nega bizni malomat qilasiz? Har kim o‘z ishini qilishi kerak-da, birodar!

- Ikrom Sharif sahifasidan

@falsafasi_hayot
26.9K views03:20
Ochish/sharhlash
2024-06-05 19:42:10
Qadirli o'quvchi, agar hozir parchalangan ,depressiya, tushkunlikka tushgan bo'lsangiz. ishoning, bularning barchasi o'tib ketadi, vaqt kerak..
Ba'zan, Alloh bizga sinovlarni beradi, ehtimol biron bir narsani anglashimiz uchun, ehtimol bizga hayot darsini o'rgatish uchun..
Ishoning hech narsa ma'nosiz emas, hamma narsa kerak bo'lganda ketadi..
va ba'zida, biz faqat hammasini boricha qabul qilishimiz va qo'yib yuborishimiz kerak..o'ylab ko'rmang, oldindan tashvishlanmang va o'zingizga g'amxo'rlik qiling..ularning sog'lig'i.. hamma hammasi yaxshi bo'ladi..
Albatta..

Ishonaman siz kuchlisiz,hammasini go’zal sabriz ila yengasiz.

In sha Alloh


@falsafasi_hayot
17.7K views16:42
Ochish/sharhlash
2024-06-05 18:53:50
Bozor darvozasidan kirib-chiqayotganlar darvoza oldida sovuqdan junjikib o‘tirgan chamasi uch- to‘rt yoshli qizchaga befarq qarab o‘tolmasdi. Kimdir unga qand, kimdir yumshoq kulcha uzatardi.
O‘ttiz yoshlardagi ayol bozor-o‘charini qilib bo‘lgach, darvoza oldiga kelib sumkalarini yerga qo‘ydi. Shu payt yonginasida katta-katta qora ko‘zlari javdirab turgan qizaloqqa ko‘zi tushdi. Sovuqda dir-dir titrayotgan qizchaga ichi achidi. Yaqiniga keldi. Muzlagan qo‘lchalaridan tutdi, bag‘riga bosdi va:
- Aylanay qizim, sovqotibsan-ku, oying qani? Nega bir o‘zing bu yerda turibsan?
Qizaloq ko‘zlarini yumib-ochib, yig‘lab yubordi:
- Oyim... Hozir kelaman... Deb... Kelmadi...
Ayol qizchani bag‘riga bosarkan cho‘ntakchasida buklangan qog‘ozga ko‘zi tushdi. Uni ochib, o‘qiy boshladi:
"Assalomu alaykum! Kim qizimni farzandlikka olib, bag‘riga bossa, mendek bag‘ritosh onani kechirsin. Ota-onam dunyodan o‘tganiga ancha bo‘ldi. Qizim bilan har joyda, ijara uylarda yashadim. Tikuvchilik qildim. Ammo ishim oldinga yurmay, juda qiynaldim. Qizim ham men kabi qiynalishini istamayman.
Kechqurun Rossiyaga jo‘nab ketyapman. Qizimni siylaganni Xudo siylasin!"

Ayol xatni o‘qirkan, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqardi. Qizchani bag‘riga bosgancha lablari pichirladi:
"Bechoragina..." U qizchani dast ko‘tardi. Bir qo‘lida sumkalari...
Ularning zil - zambildek og‘irligi endi ayolga sezilmasdi...

Ibrat uchun yaqinlarga ulashing! Reaksiyalaringizni qoldiring...

@falsafasi_hayot
17.7K views15:53
Ochish/sharhlash
2024-06-04 19:13:05
Ba’zida dardlar davo bo‘lishi mumkin. Siz bilmaysiz, Alloh esa bilguvchidir...

Ko‘zlar uxladi, yulduzlar botdi, siz esa hamon tirik va qoyimsiz! Shukr qiling, dilga yaqinim. Yer teskari aylanmaydi, suvlar ortiga oqmaydi, shunday ekan siz ham o‘tmishingizni o‘ylashni bas qiling!

So‘zlari asrga, fikrlari esa asrlarga tatiydigan zamondoshim, xayrli va fayzli tun tiladim sizga!

YAXSHI DAM OLING QADRLIGIM ))

@falsafasi_hayot
20.7K views16:13
Ochish/sharhlash
2024-06-04 18:45:44
Agar Onangiz "hech kim seni menchalik yaxshi ko‘rmaydi", desa, ishoning...

@falsafasi_hayot
19.3K views15:45
Ochish/sharhlash
2024-06-04 17:58:01
Ozgina tabassum))

– Menga turmushga chiqing.
– Men sizni sevmayman.
– Unda seving.
– Men nikohdan keyin sevaman.
– Unda menga turmushga chiqing.
– Men sizni sevmayman.

@falsafasi_hayot
18.9K views14:58
Ochish/sharhlash