Get Mystery Box with random crypto!

Bozor darvozasidan kirib-chiqayotganlar darvoza oldida sovuqda | Hayot falsafasi 🍃

Bozor darvozasidan kirib-chiqayotganlar darvoza oldida sovuqdan junjikib o‘tirgan chamasi uch- to‘rt yoshli qizchaga befarq qarab o‘tolmasdi. Kimdir unga qand, kimdir yumshoq kulcha uzatardi.
O‘ttiz yoshlardagi ayol bozor-o‘charini qilib bo‘lgach, darvoza oldiga kelib sumkalarini yerga qo‘ydi. Shu payt yonginasida katta-katta qora ko‘zlari javdirab turgan qizaloqqa ko‘zi tushdi. Sovuqda dir-dir titrayotgan qizchaga ichi achidi. Yaqiniga keldi. Muzlagan qo‘lchalaridan tutdi, bag‘riga bosdi va:
- Aylanay qizim, sovqotibsan-ku, oying qani? Nega bir o‘zing bu yerda turibsan?
Qizaloq ko‘zlarini yumib-ochib, yig‘lab yubordi:
- Oyim... Hozir kelaman... Deb... Kelmadi...
Ayol qizchani bag‘riga bosarkan cho‘ntakchasida buklangan qog‘ozga ko‘zi tushdi. Uni ochib, o‘qiy boshladi:
"Assalomu alaykum! Kim qizimni farzandlikka olib, bag‘riga bossa, mendek bag‘ritosh onani kechirsin. Ota-onam dunyodan o‘tganiga ancha bo‘ldi. Qizim bilan har joyda, ijara uylarda yashadim. Tikuvchilik qildim. Ammo ishim oldinga yurmay, juda qiynaldim. Qizim ham men kabi qiynalishini istamayman.
Kechqurun Rossiyaga jo‘nab ketyapman. Qizimni siylaganni Xudo siylasin!"

Ayol xatni o‘qirkan, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqardi. Qizchani bag‘riga bosgancha lablari pichirladi:
"Bechoragina..." U qizchani dast ko‘tardi. Bir qo‘lida sumkalari...
Ularning zil - zambildek og‘irligi endi ayolga sezilmasdi...

Ibrat uchun yaqinlarga ulashing! Reaksiyalaringizni qoldiring...

@falsafasi_hayot