Get Mystery Box with random crypto!

HAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK! Bir necha yil oldin Turkiy | Hayot falsafasi 🍃

HAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!

Bir necha yil oldin Turkiyada bir dahriysifat odam masjid imomiga so‘z qotibdi: «Boshqa xalqlar Oyga uchib, yer boyliklaridan qanday foydalanishni qoyillatib, taraqqiyotga erishmoqda. Sizlar bo‘lsa haliyam besh mahal masjidga qatnab, ro‘za tutib, o‘ralashib yuribsizlar».
Imom domla unga sokingina shunday debdi:
- Necha yoshga kirdingiz?
- 65 ga
- Namoz o‘qiysizmi?
- Yo‘q, shu paytgacha o‘qimadim, bundan keyin ham o‘qimasam kerak.
- Oyga chiqdingizmi yoki biror kashfiyot qildingizmi?
- Yo‘q, nimaydi?
- Biz namozu ro‘za bilan band bo‘lib Oyga ucha olmagan bo‘lsak, siz nima qilib yerda qolib ketdingiz?
- Ha, endi...
- Bizku namoz o‘qib, ro‘za tutib hech yo‘q o‘zimizni, oilamizni tarbiya qildik, farzandlarimizni jamiyatga yaxshilik qiladigan kishilar etib yetishtirdik. Siz o‘zingiz nimani qoyillatdingiz? O‘zingiz ikki tomonni ham ushlamay nega bizni malomat qilasiz? Har kim o‘z ishini qilishi kerak-da, birodar!

- Ikrom Sharif sahifasidan

@falsafasi_hayot