Get Mystery Box with random crypto!

Hayot falsafasi 🍃

Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃 H
Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃
Kanal manzili: @falsafasi_hayot
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 61.94K
Kanalning ta’rifi

Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!
📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!
Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi
Cреатор: Моҳинур ))
#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-05-15 18:51:14
Kun kelib hamma narsa o‘z yo‘liga tushib ketishiga ishonib, duo qiling... Hamma narsaning xayrlisi sodir bo‘lishiga ishonib, harakat qiling. Va bir kuni hamma qiyinchiliklar tugashiga ishonib, sabr qiling...

Yaxshi kunlarni kutib yashash ham - ibodatdir. Zero, balo-musibatlar bardavom bo‘lmagay...

@falsafasi_hayot
15.3K views15:51
Ochish/sharhlash
2024-05-15 17:55:55
Shunday kishilarni ko‘rdimki...

Shunday kishilarni ko‘rdimki, ularda hech qanday aybu nuqson yo‘q edi. Ammo ular odamlarning aybu nuqsonlari haqida gapira boshladilar. Alloh taolo ham ularda aybu nuqsonni paydo qildi.
Shunday kishilarni ham ko‘rdimki, ularning bir qancha aybu nuqsonlari bor edi. Ammo ular o‘zgalarning aybini gapirishdan tiyilganlari uchun, Alloh taolo ularning ayblarini yashirdi...

— Hasan Basriy

@falsafasi_hayot
13.9K views14:55
Ochish/sharhlash
2024-05-15 13:53:49
Bokschi Muhammad Ali hayotdan ko‘z yumar ekan, aytgan so‘nggi so‘zlari:

"Bu hayot yolg‘ondir, men dunyoni tiz cho‘ktirdim, lekin menga huzur bermadi, Alloh Subhanahu va Taolo menga bir hastalik berib, chempion kimligini eslatib qo‘ydi. Biz birov yaxshi ko‘rishi uchun emas, koinot Yaratuvchisi Alloh Subhanahu va Taolo yaxshi ko‘rishi uchun yashashimiz lozim".

@falsafasi_hayot
16.4K views10:53
Ochish/sharhlash
2024-05-15 08:53:14

Ozgina tabassum....

Qadimgi Xitoylik donishmanlardan biri shunday degan ekan:
并应任命一名代表的人 数的选举结果副手。选举的结果已经成为最新的直接,最新的直接,虽然由理事会任命 的长老

Uni fikriga toʻliq qoʻshilaman. Bu haqiqat! Ayniqsa, mana bu gapi juda taʼsirli ekan:
最新的直接....))

@falsafasi_hayot
24.7K views05:53
Ochish/sharhlash
2024-05-15 06:31:01
Agar meni ko‘rinishimga qarab mensimayotgan bo‘lsangiz, unutmangki, meni Alloh taolo yaratgandir...
Agar meni kambag‘alligim uchun mensimayotgan bo‘lsangiz, unutmangki, rizqlar Alloh taoloning qo‘lidadir...
Shunday ekan, siz kibrlanmang! Kibrlanishga yolg‘iz Alloh taoloning O‘zigina haqlidir!

"Hikmatlar chashmasi"dan

@falsafasi_hayot
25.6K views03:31
Ochish/sharhlash
2024-05-14 18:46:10 ​​ Tutun isi!

Onasining ter hidi aralash tutun isi kelib turgan kiyimlari qizining jahlini chiqardi. Balki ikkiqatligi uchun yoqmayotgandir bu hid.

«Hech kirni toza yuvmaydi-da.»Ichida kelinini yozg‘irdi.

Darrov kiyimlaringizni yuvib beray demadi. Onasi yosh boladek bo‘lib qolgan. Sal narsaga xafa bo‘ladi. Ertasi kuni ertalab ataylab bir-ikkita kir olib chiqdi.

-Keling, ona. Kiyimlaringizni yuvib beraman.

Ona kulimsirab, kiyimlarini yechib berdi. Axir shaharlik bo‘lib ketgan qizining nozikta’bligini biladi-da.

Qiz kiyimlarni hushbo‘y kukunlarga solib yuvdi. Yaxshilab chaydi. «Ana endi bu boshqa gap, »-deb o‘yladi o‘zicha. Onasi bir hafta turib qishloqqa qaytdi.

Bir oy o‘tib xabar keldiki, onasi yurak hurujidan vafot etibdi. Ayol yig‘lagancha, onasinikiga yo‘l oldi.

Barcha ma’rakalar o‘tgach, uyga qaytdi. Yuragi bo‘m-bo‘sh, egasi tashlab ketgan hovliga o‘xshab qoldi. Bolalari-yu, eri bir tomon, onasining o‘zi bir dunyo ekan.

Oradan qancha vaqt o‘tsa ham onasini sog‘inaverdi. O‘sha tutun hidi aralash ter isi kelib turgan ko‘ylak uyida qolgan ekan. Uni ko‘rib qolganda, tillo topgan tentakdek quvonib ketdi. Uning holatini onasini yo‘qotganlar, tipratikon ignasidek minglab sog‘inch ignalari yuragiga azob berganlar, endi onasini hech qachon ko‘rmaslik, sochlarini silamaslik, hidlariga to‘ymaslik hissini yurak-yuragidan tuyganlar tushunardi. Zinhor onasi yonida yurganlar emas.

U ko‘ylakni bag‘riga bosdi. O‘pkasini to‘ldirib hidladi. Biroq dimog‘iga onasining ifori emas, qaysidir gullarni eslatuvchi sun’iy bir hid urildi. Ayol ko‘ylakni bag‘riga bosgancha yig‘lab yubordi.Chunki bolaligidan onasining tutun hidi aralash ifori unga juda yoqardi...


@falsafasi_hayot
16.2K views15:46
Ochish/sharhlash
2024-05-14 16:15:02
Dunyoda shunday insonlar borki, siz ularni shunchaki yaxshi ko‘rasiz... shunchaki! Hech narsasiz! Sizda bitta fikr bor: ular bor! Sizga boshqa hech nima kerakmas! Balki ular juda uzoqdadir, balki boshqa shahardadir yoki o‘zga davlatda. Lekin bilasizki, ular ham sizni yaxshi ko‘rishadi, hech narsasiz, shunchaki. Ularga borligingiz, shu hayotda baxtli yashayotganingiz muhim!
Boshqa hech narsa kerakmas!

@falsafasi_hayot
16.2K views13:15
Ochish/sharhlash
2024-05-14 09:30:47
Boshiga musibat tushib,og‘ir kunlarni kechirayotgan insonga hadeb nasihat qilavermang.
Koyiyvermang,sabrsizlikda ayblamang...

Undan bir og‘iz “Qalbing nimani his qildi”, “Qalbingni holi qanday”,
deb so‘rang...

“Og‘irligini bilaman,
lekin mana ko‘rasan bu kunlar ham avvalgilaridek o‘tib ketadi.
Seni kelajakda eng oliy baxtlar qarshilaydi”,deya tasalli bering...

Chunki uni qalbidagi zambil yukni bo‘shatishi uchun yaqin do‘stga ehtiyoji bor.
Nasihatgo‘y aqlliga emas.
Nasihat va o‘gitni hamma ham beraveradi ammo muhabbatni faqat hoslargina his qildiradi...

Qalbingizni holi qanday?..

@falsafasi_hayot
25.4K views06:30
Ochish/sharhlash
2024-05-12 09:39:25
Mehr-muhabbat...

Bir yil avval internet tarmog‘ida tarqalgan chap tomondagi surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qalblarini larzaga solgan edi. Unda saratondan aziyat chekayotgan 2 yoshli bolakay va unga g‘amxo‘rlik qilayotgan opasi tasvirlangan.

O‘ng tomondagi suratga qarang.
Yaqinda e’lon qilingan videoda ularning onasi tomonidan dard ortda qolgani aytildi. Allohning mo‘jizasini ko‘ringki, kasalmand bolakay bir yil ichida kasallikni yengib, oyoqqa turib ketdi. Mehr-muhabbat har qanday dardga malham ekanini isbot qilgan opaning ko‘zlarida esa g‘alaba nashidasi barq urib turibdi.

@falsafasi_hayot
17.6K views06:39
Ochish/sharhlash
2024-05-12 06:39:52
Xitoyda qimmatbaho mashina egasi yonilg‘i quyilganidan keyin pulni ishchiga berish o‘rniga uni yerga tashlab yuborgan. Bunday hurmatsizlikdan esa ayol yig‘lab yuborgan...

Ushbu video chiqqandan so‘ng, Xitoyning barcha yonilg‘i quyish shoxobchalari ushbu avtomobilga yonilg‘i quymaslikka qaror qilishibdi. Jamiyat mana shunday birlasha olsagina inson amalda qadr topadi.

Fikrning qolganini siz davom ettiring...

@falsafasi_hayot
22.7K views03:39
Ochish/sharhlash