Get Mystery Box with random crypto!

"El-yurt umidi" Foundation

Telegram kanalining logotibi elyurtumidifoundation — "El-yurt umidi" Foundation E
Kanaldagi mavzular:
Foydali
Тарқатинг
Telegram kanalining logotibi elyurtumidifoundation — "El-yurt umidi" Foundation
Kanaldagi mavzular:
Foydali
Тарқатинг
Kanal manzili: @elyurtumidifoundation
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25.13K
Kanalning ta’rifi

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining rasmiy Telegram sahifasi
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: http://myurls.co/elyurtumidifoundation
👉 Website: www.eyuf.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-06-20 09:18:43
#Foydali #tarqating

British Council 2024 tomonidan bepul IELTS tayyorlov kurslari


Britaniya Kengashi 4 ta yo'nalish bo'yicha IELTSga tayyorlanish uchun amaliy onlayn kurslarni taqdim etadi:

1) Tinglash - https://takeielts.britishcouncil.org/take-ielts/prepare/free-ielts-practice-tests/listening

2) O'qish -https://takeielts.britishcouncil.org/take-ielts/prepare/free-ielts-practice-tests/reading

3) Yozish -https://takeielts.britishcouncil.org/take-ielts/prepare/free-ielts-practice-tests/writing

4) Gapirish - https://takeielts.britishcouncil.org/take-ielts/prepare/free-ielts-practice-tests/speaking

EYUF axborot xizmati

Eyuf.uz
Telegram Facebook
Instagram YouTube 

www.eyuf.uz
5.5K views06:18
Ochish/sharhlash
2024-06-19 14:37:31


“El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati "Heritage Fest" festivalida ishtirok etdi.

“El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati va Buyuk Britaniyaning Exeter Universiteti doktoranti Davron Abdullayev Buyuk Britaniyaning St Leonards maktabida tashkil etilgan "Heritage Fest" festivalida oilasi bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida turli millat vakillaridan tashkil topgan ishtirokchilar qatnashdi va O‘zbekistonning madaniyati hamda tarixi haqida qiziqarli bo‘lgan maʼlumotlarni olishdan tashqari, O‘zbek milliy taomlaridan ham bahramand bo‘lishdi.

Davron Abdullayev tadbirning ko‘rgazmali buyumlarga boy o‘tishiga ko‘mak bergan O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

_______________________

"El-yurt umidi" Foundation scholarship participated in the "Heritage Fest" festival.

Davron Abdullayev, a doctoral student of the "El-yurt umid" Foundation and the University of Exeter, Great Britain, participated with his family in the "Heritage Fest" festival organized at St. Leonard's School, Great Britain.

The events were attended by participants from different nationalities, and in addition to receiving interesting information about the culture and history of Uzbekistan, they also enjoyed Uzbek food.

Davron Abdullayev expressed his gratitude to the Embassy of Uzbekistan in Great Britain, which helped the event to be rich in exhibits.

EYUF axborot xizmati

Eyuf.uz
Telegram Facebook
Instagram YouTube 

www.eyuf.uz
5.3K views11:37
Ochish/sharhlash
2024-05-19 18:04:05


2023-yilda Angliyaning nufuzli Lids Universitetida tahsil olgan va hozirgi kunda Buxoro Davlat Universitetida o'z faoliyatini olib borayotgan "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati Sharifa Usmonova hozirda Qozog’istonning Olmaota shahrida "American Councils for International Education" tashkiloti tomonidan olib borilayotgan onlayn media-savodxonligini rivojlantirishga yo’naltirilgan treningda ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbirlar davomida stipendiatimiz xalqaro tajriba va ta'lim tizimidagi yangiliklarni o'zlashtirmoqda.

EYUF axborot xizmati.

Eyuf.uz
Telegram Facebook
Instagram YouTube 

www.eyuf.uz
5.5K views15:04
Ochish/sharhlash
2024-05-17 19:38:57


"El-yurt umidi" jamg'armasi va Adliya vazirligi huzuridagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi bilan hamkorlikda El-yurt umidi podcasti o'z faoliyatini boshladi!

Podcastning ilk sonida:

Davlatimiz tomonidan mamalakatimiz yoshlarning xorijda ta’lim olishi uchun so'nggi yillarda muntazam investitsiya kiritishining sabablari.

Stipendiatlar o‘rgangan ilg‘or bilim va ko‘nikmalari, mamlakatimizdagi islohotlarda qanday o'ringa ega?

Stipendiatlar xorijda olgan bilimlarini, O'zbekistonda amaliyotga tatbiq etishda qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqda?

Jamg'arma stipendiatlari O‘zbekistonga qaytib, faoliyatini boshlaganidan keyin, ularga yuklatilgan vazifalarni qay darajada bajarmoqda?

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlar hayotida qanday ahamiyat kasb etadi kabi savollarga javob olishingiz mumkin.

Podcastni to'liq shaklda Jamg'armaning Yotube kanalida tomosha qilishingiz mumkin

Obuna bo'lishni unutmang!


EYUF axborot xizmati.

Eyuf.uz
Telegram Facebook
Instagram YouTube 

www.eyuf.uz
5.8K viewsedited  16:38
Ochish/sharhlash
2024-05-13 14:07:50


2024–2025-yillar uchun MIT bepul onlayn kurslarini taqdim etadi!

Barcha mamlakatlar fuqarolari uchun.

Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biridir. U o‘zining ilg‘or ilmiy va texnologik tadqiqotlari va innovatsiyalari bilan mashhurdir.

MIT so'nggi yillarda ko'plab bepul onlayn kurslarni taqdim etish orqali global ta'lim hamjamiyatiga muhim hissa qo'shdi hamda Adabiyot va falsafadan tortib informatika, muhandislikgacha bo'lgan 2500 dan ortiq kurslar bilan MIT OCW butun dunyo bo'ylab talabalar uchun izchil bilim ulashib kelmoqda.

MIT tomonidan taqdim etiladigan bepul onlayn kurslar bugungi kuchli raqobat sharoitida o'z bilim va qobiliyatlarini oshirishga intilayotgan talabalar uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin.

Biznes, moliya, fan va texnologiyagacha bo‘lgan keng ko‘lamli fanlarni qamrab olgan ushbu kurslar talabalarga bilimlarini chuqurlashtirish va yangi ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadi.

Afzalliklari:
- 100% bepul;
-Xalqaro tan olingan sertifikat;
- Xalqaro darajadagi ta'lim.


Muddati: cheklanmagan.

Batafsil tanishing

EYUF axborot xizmati.

Eyuf.uz
Telegram Facebook
Instagram YouTube 

www.eyuf.uz
5.4K views11:07
Ochish/sharhlash
2024-05-12 09:32:35

AQShning Garvard Radklif instituti 2025-2026-yillar uchun stipendiya e'lon qiladi!

Barcha mamlakatlar fuqarolari uchun.
Kurs darajasi: doktoranturadan keyingi tadqiqotlar.

Dunyoning eng yaxshi universiteti bo'lgan "Garvard universiteti" markazida joylashgan Radcliffe instituti, Garvard stipendiyalarini yo'naltirib boradi.

Ushbu ajoyib imkoniyat orqali siz ijodiy va fanlararo professional hamjamiyatning bir qismi bo'lish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Siz eng yangi metodologiyalar, vositalar va tadqiqot strategiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Radcliffe Fellows dasturi har yili 50 nafar stipendiatlarga o'z sohalarida keng imkoniyatlarni taqdim etadigan ulkan dasturdir.

Moliyaviy imtiyozlar:

- Grant miqdori 78 000 dollarni tashkil qiladi.
- Loyiha xarajatlarini to'lash uchun 5000 AQSh dollari miqdorida grant ajratiladi.
- Uy-joy bilan ta'minlanadi.
- Bolalarni parvarish qilish, tarbiyachi xizmati tashkil etilgan.
- Tibbiy sug'urta kafolati.


Hujjat topshirish muddati: 2024-yil 12-sentyabrdan 2024-yil 3-oktyabrgacha.

Batafsil tanishing

EYUF axborot xizmati.

Eyuf.uz
Telegram Facebook
Instagram YouTube 

www.eyuf.uz
5.1K views06:32
Ochish/sharhlash
2024-05-11 17:42:46


10-may kuni Xitoyning Shanxay universitetida “XI Xalqaro madaniyat festivali” hamda “XVII Xalqaro madaniyat va urf-odatlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlari talabalari va 10 dan ortiq Xitoyning turizm sohasiga oid kompaniyalari o‘zlarining chiqishlari, hamda milliy madaniyatga oid ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi talabalari, Shanxay universiteti doktoranti Akbarov B.A hamda boshqa O‘zbekistonlik talabalar ham O‘zbekiston Respublikasining Shanxay shahridagi bosh konsulligi bilan hamkorlikda yurtimiz nomidan ushbu tadbirda munosib ishtirok etishdi.

O‘zbekistonning madaniyati, urf-odatlari, o‘zbek milliy oshxonasi haqida ko‘rgazmalar va turli lavhalar namoyish qilindi. O‘zbek delegatsiyasi, tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bu kabi tadbirlar albatta, O‘zbekistonda turizm rivojlanishiga, qolaversa, yurtimizga keluvchi xorijiy sayyohlar oqimini oshirishiga hissa qo‘shadi.

EYUF axborot xizmati.

Eyuf.uz
Telegram Facebook
Instagram YouTube 

www.eyuf.uz
6.0K views14:42
Ochish/sharhlash
2024-05-10 16:26:35


Siz buni bilarmidingiz? #tarqating

O‘zbekistonlik talabalar xorijda ta’lim olayotgan talabalar soni bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egallaydi. Hatto Fransiya va AQShdan ham oldindamiz. Bu ma'lumotlar 2021-yil statistikasi bo'yicha e'lon qilingan. Balki, hozir 3 yoki 2-o'rindadirmiz!

Bu ajoyib tendentsiya albatta! O'zbekistonlik yoshlar hamma joyda o‘z iste’dodi va mehnatsevarligi bilan yuksak cho'qqilarga erishmoqda.

Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Koreyadan qaytib keladigan minglab ilg'or yoshlar yurtimiz rivojlanishida asosiy figura vazifasini bajaradi!

Xorijda ta'lim olishingizda sizga ko'makchi va doim qo'llab-quvvatlovchi "El-yurt umidi" jamg'armasi bor! Kel do'stim, safimizga qo'shil!

Manba: YUNESKO
Manba:
Statistika Daily Data

EYUF axborot xizmati.

Eyuf.uz
Telegram Facebook
Instagram YouTube 

www.eyuf.uz
6.4K viewsedited  13:26
Ochish/sharhlash
2023-07-21 18:16:58
"Эл-юрт умиди" жамғармасининг 2023 йил 1-очиқ стипендия танлови 2-босқич суҳбат натижалари юзасидан апелляция аризаси билан мурожаат қилган номзодлар диққатига!!!

“Эл-юрт умиди” жамғармаси Васийлик кенгашининг 2023 йил 15 июлдаги қарорига асосан 2023 йилги 1-очиқ стипендия танлови 2-босқич суҳбат натижаси юзасидан апелляция аризалари 2023 йил 17 июль кунидан бошлаб 3 иш куни давомида Жамғарманинг расмий электрон почтаси орқали қабул қилинди.

Мазкур давр мобайнида 185 нафар номзод томонидан апелляция аризалари қабул қилиб олинди. Ушбу номзодлар рўйхати ҳамда Апелляция комиссияси томонидан номзодлар билан апелляция жараёнларини ўтказиш вақти ва санаси билан ушбу ҳавола орқали танишиш мумкин.

Батафсил

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.9K views15:16
Ochish/sharhlash
2023-07-20 16:10:03
#Стипендиатларимиз

"Эл-юрт умиди" жамғармаси стипендиати Тиллабоев Шохрухбек 3 даражали юрист унвонини олди.

Ушбу унвон Ўзбекистон Республикаси Адлия Вазири тегишли буйруги билан амалга ошди.

Ҳозирги кунда Тиллабоев Шохрухбек, Тошкент давлат юридик университетиниг Халкаро ҳуқуқ ва инсон ҳуқуқлари кафедрасида фаолият олиб бормокда.

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.1K views13:10
Ochish/sharhlash