Get Mystery Box with random crypto!

AQShning Garvard Radklif instituti 2025-2026-yillar uchun stip | "El-yurt umidi" Foundation



AQShning Garvard Radklif instituti 2025-2026-yillar uchun stipendiya e'lon qiladi!

Barcha mamlakatlar fuqarolari uchun.
Kurs darajasi: doktoranturadan keyingi tadqiqotlar.

Dunyoning eng yaxshi universiteti bo'lgan "Garvard universiteti" markazida joylashgan Radcliffe instituti, Garvard stipendiyalarini yo'naltirib boradi.

Ushbu ajoyib imkoniyat orqali siz ijodiy va fanlararo professional hamjamiyatning bir qismi bo'lish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Siz eng yangi metodologiyalar, vositalar va tadqiqot strategiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Radcliffe Fellows dasturi har yili 50 nafar stipendiatlarga o'z sohalarida keng imkoniyatlarni taqdim etadigan ulkan dasturdir.

Moliyaviy imtiyozlar:

- Grant miqdori 78 000 dollarni tashkil qiladi.
- Loyiha xarajatlarini to'lash uchun 5000 AQSh dollari miqdorida grant ajratiladi.
- Uy-joy bilan ta'minlanadi.
- Bolalarni parvarish qilish, tarbiyachi xizmati tashkil etilgan.
- Tibbiy sug'urta kafolati.


Hujjat topshirish muddati: 2024-yil 12-sentyabrdan 2024-yil 3-oktyabrgacha.

Batafsil tanishing

EYUF axborot xizmati.

Eyuf.uz
Telegram Facebook
Instagram YouTube 

www.eyuf.uz