Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 18

2022-09-10 11:00:37 Bugun kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi

2022-yil 11-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Bugun (10-sentabr) professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
137.3K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:04:24 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 7-sentabrdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etildi.

Bunda 700 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 163 nafari (23 %) jarayonda ishtirok etdi, 537 nafari esa ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
36.9K views13:04
Ochish/sharhlash
2022-09-06 09:06:34 #Qabul2022 #Apellatsiya
Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

2022-yil 28-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

Shuningdek, 31-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (6-sentabr) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabr kunidan boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
44.6K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-09-01 03:35:38
Assalomu alaykum yurtdoshlar!

Shu kunlarda Vatanimiz va xalqimiz uchun qadrli, ulug‘ sana – mustaqilligimizning 31 yillik ayyomi nishonlanmoqda!

31 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqning farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.

O‘tgan yillar davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdik. Muhimi, yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib kelmoqdamiz!

Fursatdan foydalanib, Davlat test markazi jamoasi O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ va ulug‘ ayyom bilan qizg‘in muborakbod etadi! Shu bilan birga, mustahkam sog‘liq, farovonlik va omad tilaydi!

Jonajon Vatanimizda tinchlik barqaror va ulkan taraqqiyotlarga erishish bardavom bo‘laversin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
49.1K views00:35
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:33:39 #Qabul2022 #Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 6-sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
72.0K views13:33
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:47:18 #Qabul2022
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.dtm.uz va mandat.dtm.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26.3K views10:47
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:10:41 #Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida;
13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

nogironligi bo‘lgan shaxslar3,2 ming nafar;
“Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar;
harbiy xizmatchilarning farzandlari1,9 ming nafar;
Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar379 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
77.2K views09:10
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:08:03 #Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
2022-2023-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan

39 962 nafari — davlat granti;
150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
69.7K views09:08
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:06:38 #Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
Test sinovlariga surdotarjimonlar jalb etildi

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazildi va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ldi.

Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga kiritishda va shaxsini aniqlashda shaxsni identifikatsiyalash vositalaridan foydalanildi. Buning natijasida boshqa bir shaxslarning abituriyentlarning o‘rniga test sinovlariga kirishining oldi olindi.

Oldingi yillarda kimyoviy elementlar davriy jadvali va fizika fanidan “Doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali” berilgan bo‘lsa, joriy yilda ular bilan birga kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali ham berildi.

Shuningdek, abituriyentlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida kimyo, fizika va matematika fanlarida har bir test topshirig‘idan so‘ng misol ishlash uchun ma’lum miqdorda joy qoldirildi. Natijada abituriyentlarga hisob-kitob talab etiladigan misollarni test topshiriqlari kitobining oxiriga ko‘chirib, ishlash o‘rniga shu yerning o‘zida ishlash imkoniyati yaratildi.

Joriy yilda yaratilgan qulayliklardan yana biri ilk bor eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlar uchun test sinovlariga surdotarjimonlar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
64.6K views09:06
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:05:34 #Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 mln. 146 mingdan ziyod abituriyentdan 1 074 181 nafari ishtirok etdi, 72 563 nafari esa ishtirok etmadi.

Abituriyentlarning 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.

Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining

55 tasi (22 %) — Qashqadaryo viloyati;
35 tasi (14 %) — Samarqand viloyati;
33 tasi (13 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 ta) kuzatildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
64.8K views09:05
Ochish/sharhlash