Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 16

2022-09-28 16:58:38
#Qabul2022 #Statistika
Foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar

OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Buxoro viloyati — 23,88 %;
Toshkent shahri — 21,43 %;
Navoiy viloyati — 21,23 %;
Xorazm viloyati — 19,41 %;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 19,33 %.

Joriy yil bitiruvchilari bo‘yicha foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar:

Navoiy viloyati — 42,02 %;
Buxoro viloyati — 39,82 %;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 33,7 %;
Toshkent shahri — 31,69 %;
Xorazm viloyati — 30,15 %.

To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26.3K views13:58
Ochish/sharhlash
2022-09-28 16:46:39
#Qabul2022 #Statistika
Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar

Joriy yilda OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilildi. Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Samarqand viloyati — 20 690 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 19 858 nafar;
Farg‘ona viloyati — 18 340 nafar;
Toshkent viloyati — 15 699 nafar;
Buxoro viloyati — 14 337 nafar.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 104 084 nafari joriy yil bitiruvchilaridir. Joriy yil bitiruvchilari eng ko‘p talabalikka tavsiya etilgan hududlar:

Samarqand viloyati — 11 295 nafar;
Farg‘ona viloyati — 10 951 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 9 999 nafar;
Buxoro viloyati — 8 833 nafar;
Toshkent viloyati — 7 927 nafar.

To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
29.7K views13:46
Ochish/sharhlash
2022-09-27 16:38:03
Ta’lim masalalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkazildi

2022-yil 27-sentabr kuni O‘zbekiston milliy universitetida Maktabgacha, Xalq taʼlimi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari shuningdek, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Davlat test markazi vakillari ishtirokida ommaviy qabul o‘tkazildi.

https://dtm.uz/post/view/ta-lim-masalalari-bo-yicha-ommaviy-qabul-o-tkazildi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.3K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-09-26 15:40:27 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sentabr oyida o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 29-sentabr kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 30-sentabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: telegra.ph/Chet-tili-09-26

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
29.6K views12:40
Ochish/sharhlash
2022-09-26 15:04:33 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

Davlat test markazida 26-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalari ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, bugun mazkur jarayon to‘liq o‘z nihoyasiga yetdi.

Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqilib, unda apellatsiya arizasi bergan jami 9 253 nafar talabgordan 1 185 nafari (12,8 %) ishtirok etdi. Ularning:

975 nafari (7 740 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

210 nafari (1 513 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27.0K views12:04
Ochish/sharhlash
2022-09-26 15:03:46
#Xalqaro_hamkorlik
Niderlandiyaning “Cito International” tashkiloti bilan Memorandum imzolandi

2022-yil 26-sentabr kuni Davlat test markazida Niderlandiyaning “Cito International” tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

https://dtm.uz/post/view/cito-international-memorandum

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
28.6K views12:03
Ochish/sharhlash
2022-09-23 16:53:02 ​​#Qabul2022 #Statistika
Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etilgan

Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etildi.

Bunda chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan holda fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga topshirgan abituriyentlar soni 15 305 nafarni tashkil etib, ularning 13 397 nafari talabalik baxtiga musharraf bo‘ldi.

Mazkur abituriyentlarning 4 446 nafari chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan 6 ta OTMdan biriga topshirgan bo‘lib, ularning 4 138 nafari (93,1 %) talabalikka tavsiya etildi.

2019-yil bilan solishtirganda chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari anchagina ortgan.

2019-yilda chet tili sertifikatiga ega 10 920 nafar abituriyentning 6 169 nafari (56,5 %) talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan 32 foizga kam.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.9K views13:53
Ochish/sharhlash
2022-09-22 11:47:46
Ta’lim, sud, tadbirkorlik, tibbiyot va suv ta’minoti

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin yillarda mamlakatni rivojlantirish strategiyasi etib, ana shu eng og‘riqli va asosiy yo‘nalishlarni tanladi.

Ushbu sohalardagi muammolarni hal etishda Siz ham ishtirok etishingiz mumkin!

Agar Sizda ushbu sohalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan yoki boshqa masalalarga oid takliflar bo‘lsa, takliflaringizni taklif2023.uz sayti hamda @taklif2023\_bot manzili orqali yuboring.

Prezident Administrasiyasi takliflaringizni qabul qilishga tayyor! Yuborilgan takliflarning barchasi maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
45.6K views08:47
Ochish/sharhlash
2022-09-21 13:03:21 ​​#Qabul2022 #Statistika
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 46 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 1 146 744 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

erkaklar — 542 858 nafar (47,34 %) ni;
ayollar — 603 886 nafar (52,66 %) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

102 441 nafari (53,8 %)erkaklar;
87 934 nafari (46,2 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

erkaklarda — 114,98 ballni;
ayollarda — 127,21 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida:

erkaklarda — 90,92 ballni;
ayollarda — 101,94 ballni tashkil etgan.

Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

“Tillar(85,11 %) va “Ta’lim” (74,49 %) sohalariga ayollar;
“Transport xizmatlari(94,53 %) hamda “Arxitektura va qurilish” (87,1 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
51.3K views10:03
Ochish/sharhlash
2022-09-17 11:29:09 #Qabul2022 #Statistika
15 mingga yaqin abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bog‘liq.

Joriy yilda 39 962 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 30 253 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.

Shundan 14 746 nafar (48,7 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
95.2K views08:29
Ochish/sharhlash