Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2022-10-02 13:44:02 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5.7K views10:44
Ochish/sharhlash
2022-10-01 06:27:34
Muhtaram ustozlar! Qadrli murabbiylar! Aziz yurtdoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi jamoasi barchangizni kasb bayrami, mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Ustoz va murabbiylarni azaldan ulug‘lab kelgan jamiyatimizning ta’lim sohasi, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy hayoti, farovonligi va taraqqiyoti Siz azizlarning faoliyatingiz mahsuliga bog‘liq.

Shunday ekan, mashaqqatli, o‘z navbatida savob ishlaringizga omad, muvaffaqiyat tilagan holda, dasturxoningiz to‘kin, ro‘zg‘oringiz but va barakali, umringiz boqiy bo‘lishini Allohdan so‘rab qolamiz!

Yoshlarimizga milliy qadriyatimiz ruhida zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ziyo ulashishdek fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin hamda elimiz, shogirdlaringiz ardog‘ida, shodlikda boqiy yashash nasib etaversin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
38.2K viewsedited  03:27
Ochish/sharhlash
2022-09-30 17:57:05
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 29-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 30-sentabr kuni gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha 1 200 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
37.8K views14:57
Ochish/sharhlash
2022-09-30 17:28:40 Professional taʼlim muassasalarga kirish test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ertaga, 1-oktabr kuni soat 11:00 dan 12:00 ga qadar barcha talabgorlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binolarga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
36.6K views14:28
Ochish/sharhlash
2022-09-30 10:18:20 Test sinovlari faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘tkaziladi

2022-2023-oʻquv yili uchun professional ta’lim muassasalariga sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ular professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Test sinovlari faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun o‘tkaziladi va test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tishda OTMlarga kirish test sinovida to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan va fanlar majmuasi mos bo‘lgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ularga test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shaklantirilmaydi va ular OTMlarga kirish test sinovida to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.0K views07:18
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:42:25 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.2K views15:42
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:30:48 DIQQAT!

2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

5 ta fan bo'yicha maksimal ball 189.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7.9K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-09-29 16:30:48
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 29-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz tilidan yangi format asosida ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 1 296 nafar talabgordan 1 253 nafari ishtirok etdi. 7 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani sababli test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 30-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.1K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-09-28 17:46:51
#Qabul2022 #Statistika
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha ballari

Joriy yilda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha ballari 101,2 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Buxoro viloyati — 107,63 ball;
Farg‘ona viloyati — 106,52 ball;
Xorazm viloyati — 104,3 ball;
Toshkent shahri — 103,43 ball;
Namangan viloyati — 102,32 ball.

Talabalikka tavsiya etilgan joriy yil bitiruvchilarining test sinovida to‘plagan o‘rtacha ballari 110,7 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar:

Buxoro viloyati — 117,45 ball;
Farg‘ona viloyati — 115,64 ball;
Toshkent shahri — 113,28 ball;
Navoiy viloyati — 113,11 ball;
Namangan viloyati — 111,55 ball.

To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.7K views14:46
Ochish/sharhlash
2022-09-28 17:15:35
#Qabul2022 #Statistika
Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning nisbati

Abituriyentlarning 39 962 nafari davlat granti asosida, 150 413 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan. Davlat grantining to‘lov-kontraktga nisbati yuqoriroq bo‘lgan hududlar:

Navoiy viloyati — 0,357;
Farg‘ona viloyati — 0,32;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 0,313.
Buxoro viloyati — 0,311;
Surxondaryo viloyati — 0,287;

Joriy yil bitiruvchilari bo‘yicha davlat grantining to‘lov-kontraktga nisbati yuqoriroq bo‘lgan hududlar:

Navoiy viloyati — 0,578;
Buxoro viloyati — 0,45;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 0,45.
Farg‘ona viloyati — 0,434;
Surxondaryo viloyati — 0,394;

To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.7K views14:15
Ochish/sharhlash