Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 20

2022-08-23 16:29:15 #Qabul2022
Barcha talabgorlar diqqatiga!

Hozirda Davlat test markazi tomonidan barcha hududlarda o‘qishni ko‘chirish va boshqa turdagi ko‘plab test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Test sinovlari har kuni 2 smenada tashkil etilayotgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomada talabgor qaysi kuni, qayerda test sinovida ishtirok etishi va test sinoviga kelish vaqti ko‘rsatilgan.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Test sinovlariga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Shu sababli barcha talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport va ruxsatnoma bilan kelishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
276.8K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-08-23 11:28:19 #Qabul2022
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2022-yil 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 17:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (tarix, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, tarix fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
238.6K views08:28
Ochish/sharhlash
2022-08-22 14:18:32 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng qabul qilinadi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi.

Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
257.7K views11:18
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:41:30 #Qabul2022 #Natija
O‘n uchinchi (so‘nggi) kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 20-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

20-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
231.8K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-21 15:25:02 mandat.dtm.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 80 182 nafarni tashkil etdi.

Mazkur 80 182 nafar talabgorning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
211.9K viewsedited  12:25
Ochish/sharhlash
2022-08-20 20:41:12 #Qabul2022
Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi

Ma’lumki, 2022-yil 8-avgust kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

Bugun barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar:

12-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
17-avgust kuni — Samarqand viloyatida;
19-avgust kuni — Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida;
20-avgust kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘z yakuniga yetdi.

Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
208.5K views17:41
Ochish/sharhlash
2022-08-20 19:48:53 #Qabul2022 #Natija
O‘n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 19-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

19-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
185.4K views16:48
Ochish/sharhlash
2022-08-20 15:35:16 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
192.2K views12:35
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:39:34 #Qabul2022
Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 17:00 da Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari mutaxassislik va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida mutaxassislik fani uchun 1 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fani bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan 16:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
140.3K views09:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 20:14:30 #Qabul2022 #Natija
O‘n birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 18-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

18-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
169.4K views17:14
Ochish/sharhlash