Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2022-08-19 19:08:58 #Qabul2022
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari 22-avgust kuni o‘tkaziladi

“Yosh chegarachilar”
harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 18:00 da boshlanadi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
141.8K views16:08
Ochish/sharhlash
2022-08-19 10:36:45 #Qabul2022
O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari

O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2022-yil 23-avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 08:00 da boshlanadi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 07:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
153.8K viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2022-08-19 08:33:58 #Qabul2022
Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 18:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, huquq fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 62 ball), chet tili fani bo‘yicha 2,1 balldan (jami 42 ball), IQ bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining litsey.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
141.9K views05:33
Ochish/sharhlash
2022-06-23 14:57:16 ​​#Bilasizmi #Qabul2022

IELTS sertifikati seriyasi va raqami qaysi ekanini bilasizmi?

Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Bunda abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari lozim.

Hozirda ayrim abituriyentlar tomonidan IELTS sertifikati ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga nima kiritiladi degan mazmunda savollar kelib tushmoqda.

IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.1K views11:57
Ochish/sharhlash
2022-06-23 07:53:53 ​​Davlat test markazi fuqarolarni volontyor sifatida hamkorlikka taklif qiladi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 11-apreldagi 169-son qarori bilan Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlangan.

Davlat test markazi mazkur qaror va nizomdan kelib chiqqan holda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini sifatli tashkil etish maqsadida belgilangan vazifa va funksiyalarni samarali va tejamli shaklda amalga oshirish uchun 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni volontyor sifatida hamkorlikka taklif etadi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga volontyorlik bo‘yicha nizom, yo‘riqnoma, volontyorlar jalb etiladigan yo‘nalishlar ro‘yxati va boshqa ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, fuqarolar https://dtm.uz/page/volontyor havolasi orqali mazkur ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Volontyor sifatida Davlat test markazi bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka) ni 10-iyulga qadar Davlat test markazining men_volontyorman@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.2K views04:53
Ochish/sharhlash
2022-06-22 15:42:02 ​​#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomalar qancha muddat davomida amal qiladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq tavsiyanomalar oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yilga beriladi.

Lekin 2020-yilda berilgan tavsiyanomalar rasmiylashtirib berilgan sanadan e’tiboran 3 yil muddat davomida kuchga ega bo‘lishi belgilangan.

Demak, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarning amal qilish muddati quyidagicha:

2020-yilda berilgan tavsiyanomalar — 3 yil;
2021-yilda berilgan tavsiyanomalar — 1 yil;
2022-yilda berilgan tavsiyanomalar — 1 yil.

Izoh: tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.4K views12:42
Ochish/sharhlash
2022-06-22 15:19:36
#podkast #4

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARIDAN QANDAY O‘TISHADI?

24-iyun, soat 15:00da Sharoit+ podkast 4-soni mehmoni Davlat test markazi Bosh mutaxassisi - Jamshidbek Odilov.

Boshlovchi: Lochinbek Xudoyorov

Savollaringizni izohlarda qoldiring!

Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.me/sharoitplus?voicechat qo‘ng'iroqchani bosib qo‘ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
@sharoitplus
14.4K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-06-20 16:44:03
Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 26-27-28-may hamda 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.5K views13:44
Ochish/sharhlash
2022-06-20 13:59:14 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil 20-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining litsey.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayoni “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.1K views10:59
Ochish/sharhlash
2022-06-20 13:50:09
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining telegram kanalida ovozli chat

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanalida 21-iyun kuni, soat 11:00 da Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat mavzusi: “Abituriyentlar uchun bu yilgi test sinovlaridagi yangiliklar va muammoli holatlar”.

Ushbu mavzu yuzasidan savollarni quyidagi @uzauzmuloqot manzilga yuborish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.0K views10:50
Ochish/sharhlash