Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
2022-yil
29-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining
yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari ingliz tilidan
yangi format asosida ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa
B2 va
C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.
Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida tashkil etildi.
Unda jami
1 296 nafar talabgordan
1 253 nafari ishtirok etdi.
7 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani sababli test sinovidan chetlatildi.
Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari
30-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube