Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2022-11-08 09:22:18 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Davlat
test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 18-noyabrga qadar davom etadi.

Imtihonlar esa 21-noyabr kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.

Murojaat uchun: (95) 515 68 68, (95) 507 70 72, @dtm_ilmiy_markaz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27.6K views06:22
Ochish/sharhlash
2022-11-07 16:10:02 Milliy sertifikat imtihonlari o‘qituvchilar uchun alohida o‘tkaziladimi?

Ko‘pchilik o‘qituvchilar tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari abituriyentlar uchun alohida, o‘qituvchilar uchun alohida o‘tkaziladimi degan mazmunda savollar berilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonlari barcha uchun yagona formatda o‘tkaziladi va unda o‘qituvchilar, o‘quvchilar, abituriyentlar, umuman o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan barcha talabgorlar ishtirok etishi mumkin.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi esa ular qaysi tizimda faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchilar mazkur holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishi lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.2K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-11-04 15:59:04 Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2022-yil 25-oktabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.7K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-11-03 15:34:49
Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko'p darajali (multilevel) repetitsion (mock exam) test sinovi.

2022-yil 18-noyabr kuni Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha repetitsion (mock exam) test sinovi o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan 90 nafar talabgor test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-noyabr kuniga qadar my.dtm.uz havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:
(95) 507-70-72
(95) 515-68-68
21.7K views12:34
Ochish/sharhlash
2022-11-02 10:50:00
Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet tilidan yozish (writing) va gapirish (speaking) ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 9-12-noyabr kunlari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markazi Ilmiy-o'quv amaliy markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 7-noyabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (300 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72
18.6K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-11-02 10:48:06
Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

O‘quv kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 7-18-noyabr kunlari Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga baholash mezonlari va test sinoviga oid ma’lumotlar beriladi hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Kurs yakunida 18-noyabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha repetitsion test (mock exam) sinovida qatnashib natijangizni bilishingiz mumkin.

O‘quv kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 4-noyabr kuniga qadar my.dtm.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

O‘quv kursida birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lov (300 000 so‘m) ni amalga oshirgan 30 nafar talabgor ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72
17.0K views07:48
Ochish/sharhlash
2022-11-01 16:10:35 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2022-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ball bo‘lib, test sinovi o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

ona tili 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

matematika15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

O‘zbekiston tarixi30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball);

chet tili30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball).

Har bir fan bo‘yicha test varianti tafsiloti bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://dtm.uz/page/test_varianti_tafsiloti

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26.4K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-11-01 14:58:38 Перевод обучения студентов из отдельных регионов разрешен в качестве исключения

Решением Государственной комиссии № 7 разрешено в порядке исключения переводить обучение граждан Узбекистана, получающих образование в высших образовательных учреждениях Курской, Брянской, Белгородской, Воронежской, Ростовской и Краснодарской областей Российской Федерации (на границе с Украиной) в государственные высшие образовательные учреждения Узбекистана.

В соответствии с документом:

обучение студентов на основе их заявлений осуществляется на соответствующие и родственные (на несоответствующие и неродственные близкие по содержанию) образовательные направления высших образовательных учреждений, расположенных на территории адреса постоянного проживания;

заявления на перевод обучения принимаются с 1 по 20 ноября (включительно) 2022 г. посредством сайта Государственного центра тестирования my.dtm.uz (раздел «Перевод на учебу из Российской Федерации»);

проверка факта обучения студента в конкретном высшем образовательном учреждении будет осуществляться Министерством иностранных дел в период с 25 ноября по 15 декабря 2022 года;

решение о допуске студентов к обучению принимается Министерством высшего и среднего специального образования независимо от ведомственной подчиненности высших образовательных учреждений республики;

обучение граждан не переносится, если заинтересованным министерством и ведомством не подтверждено их фактическое обучение в конкретном высшем образовательном учреждении в Российской Федерации;

студентам, чье обучение было перенесено, разрешается в порядке исключения продолжить обучение по соответствующему курсу. Разница в предметах, выявленная при этом, будут сдаваться бесплатно в течение 2022-2023 учебного года.

Официальные страницы ГЦТ:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.7K views11:58
Ochish/sharhlash
2022-11-01 12:35:18 Ayrim hududlardagi talabalarning o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berildi

Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining (Ukraina bilan chegaradosh) Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

Unga ko‘ra:

talabalarning o‘qishi ularning arizalariga muvofiq doimiy yashash manzili hududida joylashgan OTMning mos va turdosh (mos va turdosh bo‘lmagan taqdirda mazmunan yaqin bo‘lgan) ta’lim yo‘nalishiga ko‘chiriladi;

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 2022-yil 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) Davlat test markazining my.dtm.uz sayti (“Rossiya Federatsiyasidan o‘qishni ko‘chirish” bo‘limi) orqali qabul qilinadi;

talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish 2022-yil 25-noyabrdan 15-dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror respublika OTMlarining idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi;

fuqarolarning Rossiya Federatsiyasidagi muayyan OTMda haqiqatda o‘qiyotganligi aniqlanmasa ularning o‘qishi ko‘chirilmaydi;

o‘qishi ko‘chirilgan talabalarning o‘qishini mos kursdan davom ettirishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023-o‘quv yili davomida bepul topshiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
34.6K views09:35
Ochish/sharhlash
2022-10-30 15:28:08
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 29-30-oktabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz tilidan yangi format asosida ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 5 826 nafar talabgordan 5 580 nafari ishtirok etdi. 7 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani sababli test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-4-, 7-8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
38.3K views12:28
Ochish/sharhlash