Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ #ASKORBIN KISLOTA Dori shakli: inyeksiya uchun eritm | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​​​ #ASKORBIN KISLOTA

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Taʼsir etuvchi modda: askorbin kislota

Tarkibi: 2 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: askorbin kislota - 100 mg
Yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonat, suvsiz natriy sulfit, inуeksiya uchun suv.

Farmakoterapevtik guruhi: vitamin

Qòllanilishi:

Gipovitaminoz C, gemorragik diatez, kapillyarrotoksikoz, gemorragik insult, yordamchi vosita sifatida: qon ketish (burun, o'pka, bachadon va boshqalar), yuqumli kasalliklar, intoksikatsiya, o'tkir nurlanish kasalligi, oshqozon-ichak trakti (axiliya, oshqozon yarasi, ayniqsa qon ketishdan keyin, enterit, kolit, gelmintozlar), xoletsistit, buyrak usti bezi yetishmovchiligi (Addison kasalligi), sekin bitadigan yaralar, suyak sinishi homiladorlik va laktatsiya, gemosideroz, eritrodermiya, psoriaz, surunkali tarqalgan dermatozlar, ateroskleroz, bronxial astma, biriktiruvchi to'qimalarning diffuz kasalliklari (revmatoid artrit, tizimli qizil yuguruk, sklerodermiya) va boshqalar; antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborish, akonit, anestezin, anilin, antabuz, barbituratlar, benzol, dixloretan, kaliy permanganat, metil spirti, margimush, is gazi, sinil kislotasi, talliy, fenollar, xinin bilan zaharlanish.

Qòllash usuli va dozalari:

Mushak ichiga (m/i) va tomir ichiga (v/i) qo'llaniladi. Bunda, kattalar uchun terapevtik doza 1-5 ml (5% yoki 10% natriy tuzi eritmasi (askorbinat natriy) (zaharlanishda 60 ml gacha). Bolalarga kuniga 1-2 ml (5% eritma) buyuriladi. Davolash kursi kasallikning xarakteri va kechishiga bog'liq.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:

Yuqori sezuvchanlik, tromboflebit, trombozga moyillik, qandli diabetda

Nojòya ta'sirlari:

Arterial gipertenziya, moddalar almashinuvi buzilishi, me‘da osti bezining insulyar apparati funktsiyasini (giperglikemiya, glyukozuriya) va glikogen sintezini susayishi, kapillar o'tkazuvchanlikni va to'qimalar trofikasini pasayishi, trombositoz, giperprotrombinemiya, tromb hosil bo’lishi, eritrositopeniya, neytrofil leykositoz, miokard distrofiyasi, buyraklar glomerulyar apparatini shikastlanishi, allergik reaksiyalar, uzoq muddat foydalanish siydik toshlarining shakllanishi, rux, mis almashinuvining buzilishi, MNT qo'zg'aluvchanligi oshishi, uyqu buzilishi, mikroangiopatiyalarning rivojlanishi.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi