Get Mystery Box with random crypto!

​​ #ALBENDAZOL Dori shakli: tabletka Tarkibi: faol modd | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ #ALBENDAZOL

Dori shakli: tabletka

Tarkibi: faol modda: albendazol 

Farmakoterapevtik guruhi:
Gelmintlarga qarshi vosita

Qòllanilishi:

– neyrosistiserkoz
– qorin, jigar, o‘pka exinokokkozi
– sistli exinakokkoz holatida operasiya qilinishiga moneliklar bo‘lganda
– sistli exinakokkoz holatida sistlar miqdorini kamaytirish uchun jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lganida
– araxnoidal, me‘da ichidagi, rasemoz sistlar
– askaridoz
– trixonelez
– enterobioz
– ankilostomidoz
– opistorxoz
– lyamblioz
– mikrosporidoz
– toksokaroz
– gnatostomoz
– trixinoz
– kapillyaroz
– aralash gelmintozlar holatida
buyuriladi.

Qòllash usuli va dozalari:

– Odatiy  gelmintozlar 400 mg (bolalar - 60 mg/ 10 kg) bir marta
– Bosh miya sistiserkozi 800 mg (bolalar – 15 mg/kg) 8-30 sutka
– Strongiloidoz va sestodoz 400 mg (200 mg)3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi
– Askaridoz 400 mg (200 mg) bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
– Enterobioz 400 mg (200 mg) bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
– Ankilostomidoz 400 mg (200 mg) bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
– Lyamblioz 400 mg (200 mg)3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi gelmintozlar
– albendazolga o‘ta sezuvchanlik
– homiladorlik
– laktasiya davri
Homiladorlik: homilador, homilador deb gumon qilingan ayollarga Albendazolni buyurish mutlaq mumkin emas.

Nojòya ta'sirlari:

– leykopeniya
– pansitopeniya
– bosh og‘rig‘i
– trombositopeniya
– agranulositoz
– dispepsiya
– jigar transaminazalari faolligini oshishi
– qorin og‘rig‘i
– bosh aylanishi
– meningial simptomatika
– terini qichishishi
– gipertermiya
– eshakemi
– alopesiya (qaytuvchan)
– gipertenziya
– buyrak funksiyasi buzilishi

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi