Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.05K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-04-26 16:28:58
#Bilasizmi

Milliy toifali sport hakami toifasini olish uchun ariza berish tartibidan xabardormisiz?

Murojaatlar qabul qilinadi:
-- Davlat xizmatlari markazlari orqali;
YIDXP – my.gov.uz;

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxslar;

To‘lanadigan yig‘im miqdori:

Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda — 340 000 so'm (BHM ning 1 barobari);

YIDXP orqali taqdim etilganda — 306 000 so'm (to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi).

Ma'lumot uchun: Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
13.6K views13:28
Ochish/sharhlash
2024-04-26 14:28:58
#Bilasizmi

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
13.6K views11:28
Ochish/sharhlash
2024-04-25 09:15:16 #OAVga_ma’lumot
  
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJning hududiy filiallarida davlat xizmatlari ko‘rsatish ahvoli yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda 204 748 ta qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari aniqlandi.

Shundan, 142 751 tasi muddat buzilishi, 38 117 tasi ortiqcha hujjat talab qilish, 11 930 tasi asossiz rad etish, 735 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish hamda 11 215 tasi boshqa turdagi qonun buzilishini tashkil etadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga 37 ta taqdimnoma kiritildi hamda 200 dan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatma:
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu ma’lumot va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olishi belgilangan.


Hurmatli fuqarolar!
Hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida Sizdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, kadastr hujjati nusxasi yoki shunga o‘xshash talab qilinishi bekor qilingan hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda Adliya vazirligining 1148-ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot yoki hujjatlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
12.8K views06:15
Ochish/sharhlash
2024-04-18 11:32:08
Joriy yilning 1-choragida 21 ta yangi xizmat koʻrsatish joriy etilgan. Yil oxiriga qadar ular 400 taga yetkaziladi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva maʼlum qildi.

Ulardan 55 turdagi xizmat bepul koʻrsatiladi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.

2024-yilning 1-choragida Markazlar orqali 7,9 mln davlat xizmatlari koʻrsatildi, shundan 5,6 mln.ga yaqini Markazlar orqali, 2,3 mln.dan ortigʻi onlayn tarzda koʻrsatildi.

Oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 1 daqiqadan 10 daqiqagacha, oʻrtacha kutish vaqti 20 daqiqani tashkil etdi.

8 ta davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlari soddalashtirildi (BPR). 2024-yilda yana 100 ta davlat xizmatini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtiriladi.

2 turdagi proaktiv va 11 turdagi kompozit xizmat koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
17.4K views08:32
Ochish/sharhlash
2024-04-17 15:24:01
#Qulaylik

To‘lovlarni tez va oson amalga oshiring

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
16.9K views12:24
Ochish/sharhlash
2024-04-17 12:24:01
#Bilasizmi

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish xizmati haqida bilasizmi?

Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.

Sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.

Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

Eslatma!

Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
15.6K views09:24
Ochish/sharhlash
2024-04-17 09:23:01
#Adliya_xabari

Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun online buyurtma bering!

Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani
uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali olish mumkin. Avalgidek, FHDY organlariga bormaysiz, navbat kutib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma berasiz.

Buyurtmada:

Farzandingizga tegishli ma'lumotlar to'ldiriladi;
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;

Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 15 foizi (45 900 so'm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

FHDY xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani pochta xizmatiga taqdim etadi.

Guvohnoma pochta xizmati tomonidan yetkaziladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
14.8K views06:23
Ochish/sharhlash
2024-04-17 07:23:01
#Bu_muhim

Avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin

sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.

sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;

sotuvchi sotib oluvchining JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;

sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan oʼtadi va roziligini tasdiqlaydi;

avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;

notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;

belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;

bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
13.7K views04:23
Ochish/sharhlash
2024-04-09 16:31:46
#Adliyadan_javob

Vaxta usulidagi ish va vaxta obyekti nima?

Vaxta usulidagi ish — xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda va (yoki) ish joyi ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada joylashganda, ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun bajariladigan ishlar.

Vaxta obyekti — xodimlarning doimiy yashash joyi va ish beruvchining tashkilotlari joylashgan hududdan sezilarli uzoq masofada (cho‘lda, tog‘li va aholi qatnovi bo‘lmagan chekka hamda uzoq hududlarda) joylashgan obyektlar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 287-son qarori.


Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
14.0K views13:31
Ochish/sharhlash
2024-04-09 07:26:01
#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
14.7K views04:26
Ochish/sharhlash