Get Mystery Box with random crypto!

Copywriter_Uzb | Guli

Telegram kanalining logotibi copywriter_guli — Copywriter_Uzb | Guli C
Telegram kanalining logotibi copywriter_guli — Copywriter_Uzb | Guli
Kanal manzili: @copywriter_guli
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Murojat uchun: Gul_noza8790

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-09 07:42:08 Assalomu alaykum azizlarim

Copywriter sifatida matn yozayotganda matnning tasirchanligi va samarasi 2 omilga bog'liq

Marketingni to'g'ri qo'llash;

Izchillik
.

Keling bafurja suhbatlashamiz
Marketing va Copywriter yondash kasblar bo'lib ayniqsa Copywriter kasbida Marketingdan foydalanibgina yuqori natijalarga erishish mumkin.

Izchillik bu nima degani va Copywriter kasbida uning ahamiyati:
Doimiy yangiliklar va ularni bajarib qo'llay olish va bunda davomli bo'lish, xususan ma'lumotlar bir kunda birnechta yozib so'ng ancha kun dam olishning aksi.

Sizni bu xaqida fikringiz va post qay darajada foydali izohlarda ko'rishguncha

@Gul_noza8790 -Zamon bilan hamnafas
1 view04:42
Ochish/sharhlash
2023-01-08 22:26:26 1 000 kun davomida har kuni video qo'ygan odam

Gap Nas Daily haqida. U 1 000 kun davomida har kuni kamida bitta video chiqargan (bir kunda 2 ta video post qilgan vaqtlari ham ko'p bo'lgan)

Hayotda ham, mediada ham eng qiyini bu — izchillik.
Bunaqasi ko'p bo'ladi: birdan motivatsiyaga to'lib ketamiz, o'zimiz yoki biznesimiz uchun kontent qilishni boshlaymiz.
Lekin, afsuski... Bu uzoqqa bormaydi. To'xtab qolamiz.

Shaxsan o'zim 90 kunlik challenge qilganman.
15-kunning o'zidayoq izchillikning foydasini sezganman:
Obunachilar soni oshgan;
Postlarga reaksiyalar, izohlar soni oshgan;
Hatto, oldingidan yuqori haq to'lashga tayyor mijozlar soni ham oshgan.

Bularning hammasi bor-yo'g'i yarim oy davomida challenge'ni ushlab qolganimdagi natijalar.
Lekin, baribir to'xtab qolganman.
Buning sababi, taxminimcha, to'xtash uchun o'zimni alday oladigan bahona topa olganman.
Manimcha oxirigacha bora olish uchun shunchaki tizimning o'zi yetarli emas.
Kuchli iroda ham bo'lishi kerak.

Aziz Axtamov
marketolog, kopirayter

@copirayt — sizning kopirayter doʻstingiz
2 views19:26
Ochish/sharhlash
2023-01-08 22:22:14 Instagram matnlarining siri

O'qiladigan matnni qanday yozish kerak?

Buning uchun siz kopirayter bo'lishingiz va maxsus mahoratga ega bo'lishingiz shart emas.

O'ziga tortuvchi matnni hamma yozishi mumkin.
Va bu siz o‘ylagandan ancha osonroq.

Bilaman, siz endi postni o'qishni tugatasiz.
Chunki sir haqida bilmoqchisiz.
Sir esa 3 ta qismdan tashkil topgan.

Ushbu matnning tuzilishiga e'tibor bering. Qisqa qismlarni o'qish oson.
Har bir qism sizni keyingi qismni o‘qishga chorlaydi.

Bu hali hammasi emas. Siz esa hozir to'xtamaysiz, chunki ko'proq bilishni xohlaysiz.

Agar sarlavha bo'lmaganida, siz ushbu xabarni o'qimagan bo'lar edingiz. Sarlavha diqqatni jalb qilishi va o‘zidan keyingi jumlani o'qishga undashi kerak.

Eng boshida men har kim hayajonli tarzda yozishi mumkinligiga va'da bergandim.
Va siz o'qishni davom ettirdingiz, chunki hamma narsa juda oson va sir esa hali oldinda.

Birinchi jumlalar deyarli hech narsa haqida emas, lekin ular shunday tuzilganki, har biri sizni keyingisini o'qishga taklif qiladi.

Hammasi oddiy:

sarlavha
formula
intriga

Sizning matnlaringiz doimo oxirigacha o'qilishi uchun ushbu kichik sirlardan foydalaning.

Bu siz uchun foydali bo‘ldimi?

@copirayt - sizning kopirayter do‘stingiz
2 views19:22
Ochish/sharhlash
2023-01-08 16:49:25
Как сохранить свежесть зелени на долго?

Полезные советы
3 views13:49
Ochish/sharhlash
2023-01-08 16:49:25 Oshxona sirlari siz uchun maxsus
3 views13:49
Ochish/sharhlash
2023-01-08 08:14:10 YouTubeda tomosha qiling: Web sayt yaratish oson yo'li | Wеб сайт яратиш осон йўли | Tilda Pro | Kordinatoff


7 views05:14
Ochish/sharhlash
2023-01-08 08:13:56 Yuqoridagi postlardagi soha mutaxasislarini fikriga tayanib keling Tilda dasturida sayt yaratishga oid Youtobedagi videodarsni ko'rib chiqamiz

@Gul_noza8790 - Zamon bilan hamnafas
6 views05:13
Ochish/sharhlash
2023-01-08 07:40:00 Portfolio haqida

Sizning portfolio — eng creative, qaynoq va yorqin ishlaringiz jamlangan toʻplamdir. Qilgan ishlaringiz soni emas sifati muhim, mijoz uchun ham aynan shunday. Mijoz uchun qimmat kompaniyalar bilan ishlaganingiz emas, qaysi ishlarni siz qilganingiz koʻproq muhim.

Ishlaringizni qayerda yigʻasiz? Bu ham eng muhim omillardan biri. Sizga quyida bir nechta saytlar va platformalarni eslatib oʻtaman.

Agar siz dizayner boʻlsangiz: (Behance)
Agar siz dasturchi boʻlsangiz: (GitHub)
Agar siz copywriter, targetolog yoki SMM mutaxassisi boʻlsangiz sizga: (Tilda) platformasini maslahat beraman.

Agar shunchaki erinsangiz yoki erinchoq mijozlar uchun qaygʻuradigan boʻlsangiz unda shunchaki telegramda kanal qilaqoling va ishlaringizni kanalga yuklang, yana uni chiroyliroq qilish uchun telegraph va teletype yordam beradi.

Yana bir qoʻshimcha maslahat, mijozga aloqaga chiqganda har doim alohida unikal taklif bilan chiqing. Bitta unikal taklif ishlab chiqib uni hamma yangi mijozda qoʻllashga urinmang, har safar yangi case ishlab chiqing. Oʻz ishingizni va tajribangizni oʻstirib boring. Tajribangizni va ishlaringizni analiz qilib boring.

Just do it!

@Finderuz — biz sizga ish va ishchi topishda koʻmaklashamiz!
11 views04:40
Ochish/sharhlash
2023-01-08 07:35:29 Professional sotuv matni qanday yoziladi?

1 kunda 1 million soʻmdan oshiq pul keltirgan matn

1. Foyda. Yozilgan matnda mijoz nima foyda olishi haqida maʼlumot boʻlishi kerak.

2. Ishonch. Siz bergan taklif ishonchlimi va mijoz nima sababdan ishonishi zarur?

3. Oltin oʻrtalik. Hamma narsada meʼyor boʻlishi kerak. Narxni arzon qilsangiz ham, sovgʻalarni koʻpaytirsangiz ham, vaʼdalarni koʻp bersangiz ham bularning hech biri foyda bermaydi. Lekin bularsiz matn ham boʻlmaydi.

4. Mutaxassislik. Siz shu mahsulot yoki xizmat orqali 1 million soʻm foydani kafolatlashingiz uchun Siz undan 10 million foyda olgan boʻlishingiz lozim. Yaʼni vaʼda reallikning 1/10 qismiga teng boʻlishi zarur.

5. Menga nima? Mijozning oʻrniga oʻzingizni qoʻyib aynan shu savoliga matningiz orqali toʻgʻri javob topa olsangiz, sotuv aniq boʻladi.

6. Yeb koʻring. Mijoz Sizning bepul xizmatingizdan yoki bilimingizdan foyda olgan boʻlishi zarur yoki unga boshqalarda yoʻq qandaydir sovgʻa bera olishingiz lozim.

Namuna uchun https://telegra.ph/Individual-kopirayting-01-05
11 views04:35
Ochish/sharhlash
2023-01-08 03:17:22
Tez yozish va tez o'qish.
sizning natijalaringiz
9 views00:17
Ochish/sharhlash