Get Mystery Box with random crypto!

Professional sotuv matni qanday yoziladi? 1 kunda 1 million s | Copywriter_Uzb | Guli

Professional sotuv matni qanday yoziladi?

1 kunda 1 million soʻmdan oshiq pul keltirgan matn

1. Foyda. Yozilgan matnda mijoz nima foyda olishi haqida maʼlumot boʻlishi kerak.

2. Ishonch. Siz bergan taklif ishonchlimi va mijoz nima sababdan ishonishi zarur?

3. Oltin oʻrtalik. Hamma narsada meʼyor boʻlishi kerak. Narxni arzon qilsangiz ham, sovgʻalarni koʻpaytirsangiz ham, vaʼdalarni koʻp bersangiz ham bularning hech biri foyda bermaydi. Lekin bularsiz matn ham boʻlmaydi.

4. Mutaxassislik. Siz shu mahsulot yoki xizmat orqali 1 million soʻm foydani kafolatlashingiz uchun Siz undan 10 million foyda olgan boʻlishingiz lozim. Yaʼni vaʼda reallikning 1/10 qismiga teng boʻlishi zarur.

5. Menga nima? Mijozning oʻrniga oʻzingizni qoʻyib aynan shu savoliga matningiz orqali toʻgʻri javob topa olsangiz, sotuv aniq boʻladi.

6. Yeb koʻring. Mijoz Sizning bepul xizmatingizdan yoki bilimingizdan foyda olgan boʻlishi zarur yoki unga boshqalarda yoʻq qandaydir sovgʻa bera olishingiz lozim.

Namuna uchun https://telegra.ph/Individual-kopirayting-01-05