Get Mystery Box with random crypto!

1 000 kun davomida har kuni video qo'ygan odam Gap Nas Daily | Copywriter_Uzb | Guli

1 000 kun davomida har kuni video qo'ygan odam

Gap Nas Daily haqida. U 1 000 kun davomida har kuni kamida bitta video chiqargan (bir kunda 2 ta video post qilgan vaqtlari ham ko'p bo'lgan)

Hayotda ham, mediada ham eng qiyini bu — izchillik.
Bunaqasi ko'p bo'ladi: birdan motivatsiyaga to'lib ketamiz, o'zimiz yoki biznesimiz uchun kontent qilishni boshlaymiz.
Lekin, afsuski... Bu uzoqqa bormaydi. To'xtab qolamiz.

Shaxsan o'zim 90 kunlik challenge qilganman.
15-kunning o'zidayoq izchillikning foydasini sezganman:
Obunachilar soni oshgan;
Postlarga reaksiyalar, izohlar soni oshgan;
Hatto, oldingidan yuqori haq to'lashga tayyor mijozlar soni ham oshgan.

Bularning hammasi bor-yo'g'i yarim oy davomida challenge'ni ushlab qolganimdagi natijalar.
Lekin, baribir to'xtab qolganman.
Buning sababi, taxminimcha, to'xtash uchun o'zimni alday oladigan bahona topa olganman.
Manimcha oxirigacha bora olish uchun shunchaki tizimning o'zi yetarli emas.
Kuchli iroda ham bo'lishi kerak.

Aziz Axtamov
marketolog, kopirayter

@copirayt — sizning kopirayter doʻstingiz