Get Mystery Box with random crypto!

Instagram matnlarining siri O'qiladigan matnni qanday yozish | Copywriter_Uzb | Guli

Instagram matnlarining siri

O'qiladigan matnni qanday yozish kerak?

Buning uchun siz kopirayter bo'lishingiz va maxsus mahoratga ega bo'lishingiz shart emas.

O'ziga tortuvchi matnni hamma yozishi mumkin.
Va bu siz o‘ylagandan ancha osonroq.

Bilaman, siz endi postni o'qishni tugatasiz.
Chunki sir haqida bilmoqchisiz.
Sir esa 3 ta qismdan tashkil topgan.

Ushbu matnning tuzilishiga e'tibor bering. Qisqa qismlarni o'qish oson.
Har bir qism sizni keyingi qismni o‘qishga chorlaydi.

Bu hali hammasi emas. Siz esa hozir to'xtamaysiz, chunki ko'proq bilishni xohlaysiz.

Agar sarlavha bo'lmaganida, siz ushbu xabarni o'qimagan bo'lar edingiz. Sarlavha diqqatni jalb qilishi va o‘zidan keyingi jumlani o'qishga undashi kerak.

Eng boshida men har kim hayajonli tarzda yozishi mumkinligiga va'da bergandim.
Va siz o'qishni davom ettirdingiz, chunki hamma narsa juda oson va sir esa hali oldinda.

Birinchi jumlalar deyarli hech narsa haqida emas, lekin ular shunday tuzilganki, har biri sizni keyingisini o'qishga taklif qiladi.

Hammasi oddiy:

sarlavha
formula
intriga

Sizning matnlaringiz doimo oxirigacha o'qilishi uchun ushbu kichik sirlardan foydalaning.

Bu siz uchun foydali bo‘ldimi?

@copirayt - sizning kopirayter do‘stingiz