Get Mystery Box with random crypto!

Zamon tezlashdi deyishganida jon bor ko‘rinadi. Ilgari 40 yild | Bir kuni men...

Zamon tezlashdi deyishganida jon bor ko‘rinadi. Ilgari 40 yildan qaytsa hozir 40 kunga ham bormayapti shekilli.

Bir oilani taniyman. Katta qizi o‘smirlik vaqtida uydagilari bilan urushib, bir necha marta uydan ketib qolgan. 1-2 kundan keyin topib kelishgan, bilishim bo‘yicha o‘rtoqlarinikiga ketganmi, xullas shunaqaroq. Qisqasi shu qiz keyinchalik ishga kiradi. Tabiiyki, hamkasblarining aksariyati qishloqdoshlari. Vaqt o‘tib qizga sovchi keladi. Qizni uyidagilari kuyov tomonga qizi o‘smirligida uydan ketib qolgani, lekin hech qanday yomon narsa yo‘qligini oldindan ogohlantirishadi. Kuyov tomon buni ahamiyatsiz deb topishadi. Unashtiriladi, to‘y kuni belgilanadi.

Buni qarangki to‘yga bir necha kun qolganda qizning hamkasblaridan biri katta yoshli xola kuyovning onasini izlab borib "Bekor bu qizni kelin qilyapsiz, onasi uni yoshligida fohishaxonadan ushlab kelgan bir necha marta, u qiz bola emas" deb keladi. Mingta qizga ko‘nmay, faqat shu qizni tanlab, uylanaman deb turib olgan o‘g‘lini o‘ylab ona ming hasratda bu gapni o‘g‘liga aytmaydi. To‘y bo‘ladi, qisqasi hammasi yaxshi o‘tadi. Qiz hozir bir bolaning onasi bo‘lib eri bilan tinch-totuv yashab kelmoqda.

Lekin buni qarangki, ana u ichi "oppoq" xolaning yaqinda uylantirgan o‘g‘li mahalladoshi bo‘lgan 7 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lgan bolani zo‘rlab, sudlanib, uzoq yilga qamalib ketibdi.

Bularni yaqinda menga qizning onasi aytib berdi. Qizimni shunaqa deganini keyinroq qudam aytib berganida rosa ichim og‘rib yig‘lagandim. Nega odamlar bunaqa tuhmatchi deb rosa kuyingandim. Qarangki, meni qizimni to‘yini buzmoqchi bo‘lganning o‘zini o‘g‘li shunaqa bo‘lib qamalib turibdi.

Qiz onasining gaplarini tinglar ekanman, har ikki oilani taniganim uchun g‘alati hissiyotni tuydim. Chindan ham nega odamlar bunaqa? Qo‘polroq bo‘lsa xalqimiz bekor gapirmagan ekan: "Qizi bor qisib gapirsin, o‘g‘li bor o‘ylab".

@birkunimen