Get Mystery Box with random crypto!

Avstraliyalik bir ixtiolog yigitning ishlarini kuzatar edim. K | Bir kuni men...

Avstraliyalik bir ixtiolog yigitning ishlarini kuzatar edim. Korall riflarida yashovchi baliqlar taksonomiyasi bo'yicha mutaxassis, 25 ga yaqin yangi baliq turini kashf qilgan. Sidneydagi universitetda professor bo'lib ishlaydi. Biologiya sohasidagi mashhur jurnallardan birida muharrirlik qiladi. Yaqinda korall riflari baliqlari haqidagi kattagina kitobi chop etildi. Shu yigit bugun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga "Bugun men 30 ga kirdim" deb yozdi. Bu xabarni o'qib, 33 ga kirib hali ham pichoqqa ilinadigan biror ishni qoyillatmaganimdan o'zimdan o'zim xafa bo'lib ketdim. Odam ham shunaqa dangasa bo'ladimi deb o'zimni koyidim

@birkunimen