Get Mystery Box with random crypto!

Test olinadigan yoʻnalishlarda ijodiy imtihonlar bekor qilinis | Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

Test olinadigan yoʻnalishlarda ijodiy imtihonlar bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistonda bu yilgi kirish imtihonlarida ayrim yoʻnalishlarda ijodiy imtihonlar bekor qilinishi kutilmoqda. Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Abduvali Holiqov maʼlumot berdi.
“Ijodiy imtihoni bor OTM yoʻnalishlari 2 turga boʻlinadi: ularning birinchisi test bilan birgalikda oʻtkaziladigan ijodiy imtihon oʻtkaziladigan yoʻnalishlar boʻlsa, ikkinchisi faqat ijodiy imtihonlar olinadigan yoʻnalishlar hisoblanadi.

Test va ijodiy imtihonlar birga oʻtkaziladigan yoʻnalishlar, masalan, jurnalistika taʼlim yoʻnalishi kabilarda oʻsha OTMlar rektorlari xulosalari oʻrganilib, abituriyentni 2 marta ovora qilmaslik uchun ijodiy imtihon oʻrniga oʻtgan yili fanlar blokida mavjud boʻlgan fanlardan faqat test olish taklifi Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi berilgan”, dedi vazirlik boshqarma boshligʻi.

Qayd etilishicha, bu faqat joriy yil uchun istisno tariqasida taklif qilingan. Bu yoʻnalishda test topshiradigan abituriyentning savollar majmuasida begona fan boʻlmaydi. Oldingi yillarda imtihonda mavjud boʻlgan fanlardan imtihon olinadi.

Faqat kasbiy ijodiy imtihon oʻtkaziladigan yoʻnalishlarda esa imtihonlar DTM tomonidan test sinovlari boshlangan paytda oliy taʼlim muassasalari binolarida yoki bazadagi tegishli binolarda oʻtkaziladi.

Manba: kun.uz
@Begimoff_blog