Get Mystery Box with random crypto!

Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq murakkab davrda soliq bo | Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq murakkab davrda soliq boshqarmasi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari natijasida «Zarafshon Golden Group» MChJ jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi. Vaholanki, korxona 110ta kam ta'minlangan oilani qo‘llab-quvvatlashda o‘z hissasini qo‘shgan.

Korxonada ishlab turgan 800 nafardan ortiq xodim oylik daromadlaridan mahrum bo‘ldi. Bu haqda prezident huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Kun.uz`ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, «Zarafshon Golden Group» MChJ tomonidan 2019 yil yanvar-dekabr oylari uchun taqdim etilgan qo‘shimcha soliq hisobotlarida Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tavofutlar aniqlanib, qo‘shimcha soliq hisoblangan holatda MChJ tomonidan soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish lozimligi so‘ralgan.

Mazkur holatda jamiyat tomonidan 2020 yil 12 may kuni soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritilib, aniqlashtirilgan soliq hisoboti dasturiy ta'minot orqali Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasiga yuborilgan. Biroq, mazkur aniqlashtirilgan hisobotlar noma'lum sabablarga ko‘ra qabul qilinmagan hamda «Zarafshon Golden Group» MChJ bank hisob raqamiga shu kunning o‘zida 4 211 473 028 so‘m miqdoridagi QQS undirish bo‘yicha inkasso to‘lov topshiriqnomasi qo‘yilgan.

«Zarafshon Golden Group» MChJ tomonidan taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha tushintirish berish yakunlanmasdan turib, jamiyat hisob raqamiga qo‘shimcha ravishda davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2 496 830 731 so‘m miqdorida hisoblangan QQS undirish bo‘yicha inkasso to‘lov topshiriqnomasi ham yuborilgan.

Vaholanki, Soliq kodeksining 121-moddasi 8-xatboshida belgilangan holatlarda aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha soliq va penya summalari kamaytirilganda soliq organlari majburiyatga ega shaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga o‘tkazishga doir bajarilmagan (to‘liq yoki qisman) inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga ko‘ra, hisobot dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinishi belgilangan.

Bundan tashqari, soliq organi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan davlat organlarining tadbirkorlik sub'yektlari uchun qonun xujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hisobot turlari man etilganiga oid talabga ham rioya qilmagani aniqlangan.

Tadbirkorning murojaatiga asosan, prezident xuzuridagi biznes-ombudsman devonining xodimlari tomonidan "Zarafshon Golden Group" MChJning bank hisob raqamiga qo‘yilgan 6 mlrdso‘mlik inkasso qaytarib olinishi ta'minlangan.

Bunaqa habarlar kupayib ketdi. To'g'risi nima deyishni ham bilmay qoldim. Mening fikrimcha yangi qon quyish kerak.

Manba: kun.uz
@Begimoff_blog