Get Mystery Box with random crypto!

#challenge #mutolaa Murakkab hayotda, oddiy tavsiya Jek L | Bakhtiy

#challenge #mutolaa

Murakkab hayotda, oddiy tavsiya

Jek London "Hayotga muxabbat" asari ajoyib. Bu ma'no izlaganlar uchun ham, shunchaki o'qib ketuvchilar uchun ham maza-ta'm bera oladigan kam sonli asarlardan. Keyingi bekat bor yoki yo'qligini bilmasdan yo'lga chiqish shaxsan men uchun anchayin murakkab, tavakkalchi emasman.

O'z hayoti haqida deyarli o'ylamaydigan (balki o'ylar, muallif bunga juda urg'u bermagan, buni zarur deb hisoblamagandir) insonning umid barq urib turgan ko'zlarini ko'rish, "uning o'rnida bo'lib qolsam, qanday yo'l tutardim?" kabi savolga javob olish, ekstremalizmga qiziquvchilar esa sokin ekstremalizmni his etishlari uchun shunchaki kitobni o'qishlari kifoya.

Kamina-i kamtarin bu kitobni o'qib, suisiddan voz kechgan shaxslardan. Hayotga chinakam muxabbat uyg'ota oladigan intrigaga boy asar. Ertangi kun ajoyiboti, u berishi mumkin bo'lgan ne'matlar va hissiyotlarni tuyushni xohlab qoladi bu ko'ngul!

@bakhtiy

Kitobni bir o'tirishda o'qib tugatish, undan olinishi kerak bo'lgan ma'noni to'la o'ylash, anglash va foydalanishga makslimal darajada yordam berishini aytib qo'yay dedimda