Get Mystery Box with random crypto!

#challenge #shaxsiyfikr Avlodlar almashmoqda! Bu juda seki | Bakhtiy

#challenge #shaxsiyfikr

Avlodlar almashmoqda! Bu juda sekin ro'y beryapti, lekin to'xtagani yo'q!

Yillar avval o'smirlar faktlarga qiziqib, tinmay ularni yig'ib, yodlab yurishgan. Bundan ma'ni bitta edi - dunyoqarashning kengligi! O'z davrida bunga haqiqatda ishonilgan, ya'ni qancha ko'p fakt bilsang, shunchalik dunyoqarashing keng bo'ladi, odamlarni tushuna olasan. Vaqt o'tmoqda, ammo hamon "katta" bo'lishni xohlamaydiganlar bor...

Bugungi kun o'smirlari ko'proq hissiyotga e'tibor berishyapti. Albatta o'z vaqtida, hatto fikrlashni ham "xohlamagan" avlod vakillarimiz borligini hisobga olsak, bu normal va yaxshi ham. Hissiy fikrlash! Jamiyatni bir necha ustuni bor deb hisoblasak, uning bir qismi aynan hissiy fikrlovchilar hissasiga to'g'ri keladi. Vaqti kelib odamlar o'zlarini to'laqonli boshqarishni o'rganganlarida, balki hozirda rivojlangan davlatlarda mavjud bo'lgan "baxtli hayot kechirish" tushunchasi ham eskirib, yangicha hayot tarzini xohlab qolarmiz...

@bakhtiy

Men hech qanday motivatsion gap yozishni xohlamdim. Shunchaki avlodlar almashyapti, xohishlar ham, talablar ham! Shuni nazarda tutyapman. Vatanparvarlik men uchun emas!