Get Mystery Box with random crypto!

Haqiqiy hayot bilan yuzlashish – o‘qiganlaringizni hayotga tad | Ашиқул Фирдавс

Haqiqiy hayot bilan yuzlashish – o‘qiganlaringizni hayotga tadbiq etish, qo‘llash vaqti kelganini anglatadi. Ya‘ni "O‘qiganimga amal qilaymi yo bir marta shu bo‘lmag‘ur ishga qo‘l urib ko‘raymikin", deya ikkilanuvchi vaziyatlarga tushib qolish hayot bilan yuzlashishdir.

Birinchi marta bo‘lmag‘ur, harom ishga qo‘l urib ko‘rish, ikkinchi martasiga kengroq yo‘l ochib beradi. "Bir marta qilaman-u qaytaman, boshi-yu oxirgisi shu bo‘ladi" deyish bilan irodamizni sindiramiz xolos, chunki harom doim lazzatli ko‘rinadi. Qayta-qayta "lazzat" olishni kim ham xohlamaydi
deysiz?