Get Mystery Box with random crypto!

Jon Dyui yangi ta’lim tizimini qurishga bag‘ishlangan “Qanday | Ашиқул Фирдавс

Jon Dyui yangi ta’lim tizimini qurishga bag‘ishlangan “Qanday fikrlaymiz?” (1910) degan kitobida Jon Lokkdan aql yuritishda adashuvchi kishilarning 3 xilini keltiradi:

1. Mustaqil fikr yuritmaydilar. Buni o‘zli ishonchli deb topgan boshqa odamlarga yuklab qo‘yadilar: ota-ona, davlat arbobi, notiqlar va hk. Muhim ishlarda aql yuritishni o‘zlaridan soqit qilib qo‘yadilar.

2. Fikr yuritishga asos qilib hoyu-havaslari, hissiyotlarini hamda shaxsiy va jamoaviy manfaatlarini asos qilib oladilar. Bunday fikrlash haqqoniy bo‘la olmaydi, chunki xolislik yo‘q. Manfaatlar va hissiyotlar o‘zgargan sari fikrlariyam o‘zgarib turadi.

3. Fikrlashni bilishadi, ammo tor dunyoqarash sababli yetarli mulohaza yurita olmaydilar. Ular bir xil kitob o‘qiydilar, bir xil mualliflarga ergashadilar, turli nuqtai nazarlarga qaramaydilar, yangi ma’lumotlarga qiziqmaydilar. Tor qirg‘oqlarida qamalib, ilm ummoniga chiqishdan qo‘rqadilar.


Jamshid Muslimov