Get Mystery Box with random crypto!

Anonim Marketolog

Telegram kanalining logotibi anonim_marketolog — Anonim Marketolog A
Telegram kanalining logotibi anonim_marketolog — Anonim Marketolog
Kanal manzili: @anonim_marketolog
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23
Kanalning ta’rifi

Marketing haqida tushunchalar, noodatiy reklamalarning salbiy va ijobiy jihatlari hamda tarixda va bugungi kunda marketologlar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar va ularning oqibatlari haqida ma'lumotlar joylab boraman.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-10-20 18:28:34
Assalomu alaykum!

Kanal faoliyatini davom ettiramizmi? "Ha" javoblar soni 10 tadan oshsa, boshlaymiz
Anonymous Poll
89%
Ha
11%
Yo'q
9 voters24 views15:28
Ochish/sharhlash
2021-03-12 14:44:45 SMM da kompaniyani yurgizgan yaxshimi, yoki bannerlarda?

Biznes olamiga shiddat bilan kirib kelib, o'z o'rniga ega bo'lishga ulgurgan SMM (Social Media Marketing) sohasi an'anaviy marketingni ham ortda qoldiryapti degan iboralar quloqqa chalinmoqda.

Bu gap qanchalik o'zini oqlaydi?

Ba'zilar bunga SMMda o'zingizning yadroviy auditoriyangizgagina ko'rsatishingiz mumkinligini yaxshi deb ko'rsatsa, ba'zilar uchun bu ortiqcha chiqim kabidir.

Endi sizga savol bermoqchiman: "Qush o'ng qanoti bilan tezroq uchadimi, yoki chap qanoti bilanmi?"

Gap nimada ekanligini tushundingiza? Agar o'ng qanot bo'lmasa, chap qanot hech narsa, chap qanot bo'lmasa, o'ng qanot hech narsa qila olmaydi. Ya'ni, uchish uchun har ikkisi lozim va lobuddir.

Albatta bu narsa kompaniyaning turiga qaraydi, chunki hamma ham uchgisi kelmaydi, ba'zilar o'z o'rnini quruqlikda topsa, ba'zilar esa suvda topishi mumkin.

@anonim_marketolog
354 viewsedited  11:44
Ochish/sharhlash
2021-02-28 12:36:01

Mijozlarni o'rganish — muvaffaqiyat kaliti

O'z mijozlaringiz haqida bilish juda muhimdir. Sababi, agar siz maqsadli auditoriyangizni tushunmasangiz, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz mumkin.

Agar siz haqiqatan ham mijozlaringizni o'rganishni istasangiz, call center qo'ng'iroqlarini biroz vaqt kuzating. Undan so'ng qo'ng'iroq egalariga kompaniyangiz haqida batafsil ma'lumot bering. Bu sizga sodiq va yangi mijozlar bazasini yaratishga yordam beradi.

Eng yaxshi tadqiqot bu shubhasiz mijozlar bilan muloqot davomida shakllanadi. Shunday ekan, xaridorlar bilan doimo suhbatda bo'lishni unutmang.

@anonim_marketolog
286 views09:36
Ochish/sharhlash
2021-02-27 13:08:02 Qidiruv tizimlarida marketing nima?

Agar kompaniyangizning veb sayti mavjud bo'lsa, Google va Yandex kabi qidiruv tizimlariga kalit so'zlarni kiritib global tarmoq orqali mijozlarni jalb qilishingiz mumkin.

Masalan, siz ingliz tilini o'rgatuvchi o'quv markaz egasisiz va biznesingizni qidiruv tizimlarida reklama qilishni istaysiz. Buning uchun avvalo sizning auditoriyangiz o'quv markazlarni Google yoki Yandex qidiruv tizimlarida qanday so'zlar bilan izlashini aniqlab, o'sha so'z yoki so'z birikmalarini kiritib chiqasiz va har bir saytga kirgan foydalanuvchi uchun pul to'laysiz.

Natija: Mijozlar o'quv markazlarni siz kiritgan so'zlar bilan qidirganda birinchi sizning saytga duch kelishadi.

@anonim_marketolog
216 views10:08
Ochish/sharhlash
2021-02-26 08:23:00
Ishni o'z kompaniyangizni o'rganishdan boshlang

Marketolog uchun eng muhimi mijozlarning xohish-istaklarini o'rganish hisoblanadi. Ammo undan avval siz ish boshlagan korxonangizni o'rganishni boshlang. Ya'ni siz uning maqsadi, mahsulotlari aynan qanday muammolarga yechim bo'la olishi, kamchiliklari, yutuqlari kabilarni o'rganishingiz talab etiladi.

Bundan tashqari, albatta kompaniyaning tarixini ham o'rganib chiqing. Bu avval qilingan xatolarni takrorlamaslikka va avval foyda bergan marketing uslublarini o'rganishga yordam beradi.

@anonim_marketolog
194 views05:23
Ochish/sharhlash
2021-02-25 16:37:02 Voqealar marketingi nima?

Bunga biron ommaviy tadbir yoki uchrashuv o'tkazishni misol qilish mumkin. Ya'ni bu yangi mijozlar e'tibori va ishonchiga erishish hamda doimiy mijozlarni saqlab qolishga xizmat qiladi.

Yoki o'zgacha yo'l tutishingiz ham mumkin: tadbirni o'zingiz tashkillashtirmaysiz, faqatgina uni tashkillashtirgan insonlarga homiylik qilasiz. Bu yo'l bilan mijozlarda, "bu kompaniya xayrli yoki shov-shuvli tadbirlarga homiylik qilar ekan" degan fikrni uyg'otadi.

@anonim_marketolog
163 views13:37
Ochish/sharhlash
2021-02-24 12:37:00
Marketing haqida afsonalar №5

“Marketing bilan faqatgina marketing boʻlimi shugʻullanadi”

Navbatdagi xato tushunchaga duch keldik. Marketing faoliyati bilan nafaqat marketing boʻlimi, balki barcha boʻlimlar shugʻullanishi kerak.

Masalan, sotuv boʻlimi chiroyli muomala va xizmat koʻrsatish orqali, buxgalteriya boʻlimi narxlarni optimallashtirish orqali, boshqaruv boʻlimi xodimlarni toʻgʻri boshqarish va shikoyatlarga oʻz vaqtida javob qaytarishhamda boshqa shu kabi vazifalar yordamida marketing faoliyatini amalga oshirishi talab etiladi.

Shu oʻrinda, umuman marketolog ishiga koʻmaklashmasdan faqatgina natijani talab qiluvchi boshliqlar ham oʻz jamoasiga yordam berishlari talab etiladi.

@anonim_marketolog
144 views09:37
Ochish/sharhlash
2021-02-23 10:38:03 Social Media Marketing (SMM)— Ijtimoiy tarmoqlarda marketing

Bu uslubda Instagram, Facebook, Twitter, Telegram, TikTok va hozirda ommalashib borayotgan ClubHouse tarmoqlarida brendni tanitish maqsadida marketing olib boriladi. Ammo bu ijtimoiy tarmoqlarda faqatgina reklama berishni anglatmaydi.

Sababi, ushbu uslubni qo'llashdan maqsad mijozlarga yanada yaqinroq bo'lish, shikoyatlarni tezkorlik bilan qabul qilish va kompaniyaga bo'lgan ishonchni orttirishda foydalaniladi.

@anonim_marketolog
136 views07:38
Ochish/sharhlash
2021-02-22 11:22:02
Marketing haqida afsonalar №4

"Marketing jarayoni mahsulotni bir marta sotgandan so'ng tugaydi"

Agar korxonangizda ishlaydigan marketolog shunday fikr yuritsa, bemalol uni ishdan ozod qilavering. Chunki u bilan uzoqqa borolmaysiz. Sababi, bu umuman noto'g'ri va eski tushuncha.

To'g'ri, avvallari marketologlar shunday fikr yuritgan. Biroq, hozir jadal rivojlanayotgan internet zamonida kompaniya mijozlarga nafaqat mahsulot sotishi balki uni saqlab qolish imkoniga ham ega bo'lishi lozim.

Ya'ni, bugungi kunda, sizning muvaffaqiyatingizni o'lchovchi omillardan biri bu sodiq mijozlaringiz soni va ular orqali sizning mahsulotingizni sotib olgan yoki xizmatingizdan foydalangan mijozlar soni hisoblanadi.

@anonim_marketolog
136 views08:22
Ochish/sharhlash
2021-02-21 12:06:02 CTA marketing nima?

CTA — Call to action, ya'ni "harakatga undash" degan ma'noni anglatadi.

Internetdagi reklamarda sizni qanaydir mahsulotni sotib olishga, veb-saytga kirishga, yutuqli o'yinlarda ishtirok etishga yoki boshqa siz kutmagan harakatlarni bajarishga undashini mazkur uslubga misol qilish mumkin.

Bunday marketing iste'molchilarda asosan negativ taassurot qoldiradi.

@anonim_marketolog
129 views09:06
Ochish/sharhlash