Get Mystery Box with random crypto!

Qidiruv tizimlarida marketing nima? Agar kompaniyangizning ve | Anonim Marketolog

Qidiruv tizimlarida marketing nima?

Agar kompaniyangizning veb sayti mavjud bo'lsa, Google va Yandex kabi qidiruv tizimlariga kalit so'zlarni kiritib global tarmoq orqali mijozlarni jalb qilishingiz mumkin.

Masalan, siz ingliz tilini o'rgatuvchi o'quv markaz egasisiz va biznesingizni qidiruv tizimlarida reklama qilishni istaysiz. Buning uchun avvalo sizning auditoriyangiz o'quv markazlarni Google yoki Yandex qidiruv tizimlarida qanday so'zlar bilan izlashini aniqlab, o'sha so'z yoki so'z birikmalarini kiritib chiqasiz va har bir saytga kirgan foydalanuvchi uchun pul to'laysiz.

Natija: Mijozlar o'quv markazlarni siz kiritgan so'zlar bilan qidirganda birinchi sizning saytga duch kelishadi.

@anonim_marketolog