Get Mystery Box with random crypto!

Marketing haqida afsonalar №4 'Marketing jarayoni mahsulotni | Anonim Marketolog

Marketing haqida afsonalar №4

"Marketing jarayoni mahsulotni bir marta sotgandan so'ng tugaydi"

Agar korxonangizda ishlaydigan marketolog shunday fikr yuritsa, bemalol uni ishdan ozod qilavering. Chunki u bilan uzoqqa borolmaysiz. Sababi, bu umuman noto'g'ri va eski tushuncha.

To'g'ri, avvallari marketologlar shunday fikr yuritgan. Biroq, hozir jadal rivojlanayotgan internet zamonida kompaniya mijozlarga nafaqat mahsulot sotishi balki uni saqlab qolish imkoniga ham ega bo'lishi lozim.

Ya'ni, bugungi kunda, sizning muvaffaqiyatingizni o'lchovchi omillardan biri bu sodiq mijozlaringiz soni va ular orqali sizning mahsulotingizni sotib olgan yoki xizmatingizdan foydalangan mijozlar soni hisoblanadi.

@anonim_marketolog