Get Mystery Box with random crypto!

Anonim Marketolog

Telegram kanalining logotibi anonim_marketolog — Anonim Marketolog A
Telegram kanalining logotibi anonim_marketolog — Anonim Marketolog
Kanal manzili: @anonim_marketolog
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23
Kanalning ta’rifi

Marketing haqida tushunchalar, noodatiy reklamalarning salbiy va ijobiy jihatlari hamda tarixda va bugungi kunda marketologlar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar va ularning oqibatlari haqida ma'lumotlar joylab boraman.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-02-20 16:37:02

Marketing haqida afsonalar № 3

"Reklama — savdo dvigateli"

Yo'q, bu ham eng katta yolg'onlardan biri. Mahsulotning o'zi savdo dvigateli hisoblanadi. Agar mahsulot mijozga kerak bo'lmasa, hech qanday reklama sizni muvaffaqiyatsizlikdan qutqara olmaydi.

Faqat ikkita marketing tushunchasi mavjud:

1. Marketing menejmenti kontseptsiyasi — ishlab chiqargan mahsulotni soting.
2. Subyektni marketingni boshqarish kontseptsiyasi — sotiladigan tovar ishlab chiqaring.

@anonim_marketolog
131 views13:37
Ochish/sharhlash
2021-02-19 09:38:02 Email marketing nima?

Elektron
pochtalar orqali marketing yuritish afsuski O'zbekistonda rivojlanmagan. Ammo Yevropa mazkur uslub keng rivojlangan.

Email marketingda minglab elektron pochtalarga reklama xabarlari jo'natiladi va shu orqali yangi mijozlar jalb qilinadi. Ammo ko'p hollarda yuborilgan xabarlar spam holatiga tushib, foydalanuvchiga qadar yetib bormasligi mumkin

@anonim_marketolog
132 views06:38
Ochish/sharhlash
2021-02-18 11:56:02
Marketing haqida afsonalar №2

"Yangi mijozlarni chegirmalar jalb qiladi"

Afsuski, bu ham yolg'on. Mijozlarning ehtiyojini qondira olishgina ularni sizga jalb qiladi. Sababi, pulni tejash zarurati iste'molchilarning 20 foizida ustun turadi, mazkur toifani "tejamkorlar" deb atashadi. Ular10 000 so'mga arzonroq futbolka topguniga qadar 30 - 40 mingga benzin ishlatadigan toifa hisoblanadi.

Shuningdek, aksincha, chegirmalardan qo'rquvchi xaridorlar ham mavjud. Sifatli mahsulot arzon bo'lmasligiga ishonch ularga mahsulotingizga yaqinlashishga imkon bermaydi. "Tejamkorlar" kabi ko'plab VIP mijozlar ham bor.

Boshqa mijozlar esa shoshilinch ravishda sotib olishga majbur bo'ladilar. Ular uchun bunday vaqtda narx oxirgi o'rinda, birinchi navbatda muammoni hal qilish turadi.

@anonim_marketolog
131 views08:56
Ochish/sharhlash
2021-02-17 10:07:02 Kontent marketing nima?

Ichki
marketing qismlaridan biri bo'lgan ushbu uslubda mijozlar uchun foydali maqolalar, bloglar, podkastlar, elektron kitoblar va boshqa foydali manbalar berib boriladi.

Kontent marketing orqali yangi mijozlar topish, doimiy mijozlarni saqlab turish va barcha xaridorlarning sodiqligini oshirish mumkin.

@anonim_marketolog
135 views07:07
Ochish/sharhlash
2021-02-16 13:32:02
Marketing haqida afsonalar №1

"Narxni belgilash tannarxga bog'liq"

Yo'q bu yolg'on. Sababi, narx siz tanlagan strategiyaga bog'liq. Ya'ni qanday qilib yangi mijozlarni topish usullarini belgilab olishingiz kerak.

Masalan, Apple ana shunday strategiyani ishlab chiqqan bo'lib, hozirda o'z mahsulotlarini eng qimmat narxlarda sotish imkoniga ega bo'ldi.

Mahsulotni tannarxida sotish yoki undan ham arzonroq sotish, kelajakda bankrot bo'lishingizni anglatmaydi.

Bunga misol sifatida, bir do'kon sotuvchisi non va sut mahsulotlarini raqobatchisidan arzon sotadi, bundan asosiy maqsad esa yangi mijozlarni jalb qilish bo'ladi.

@anonim_marketolog
140 views10:32
Ochish/sharhlash
2021-02-15 17:31:02 Oflayn marketing nima?

Onlayn marketingga qarama-qarshi ushbu uslubda global tarmoqlardan umuman foydalanilmaydi.

Mazkur uslub: televizor, radio, ko'chalardagi e'lonlar hamda flayerlardagi reklamalarni o'z ichiga oladi.

Agar soha va mutaxassis bu uslubga mos bo'lsa, u bilan ham muvaffaqiyatga erishish mumkin.

@anonim_marketolog
137 views14:31
Ochish/sharhlash
2021-02-15 15:12:01 15 yil foyda bergan kampaniya kichik xato tufayli barbod bo'ldi

Dunyoga mashhur brendlardan biri bo'lgan Dove kompaniyasining "Haqiqiy go'zallik" deb nomlangan kampaniyasi juda katta foyda berayotgan edi.

Biroq, marketologlar kichik xatoga qo'l urdi. Ular mahsulotlarni qadoqlashda ayollarni shaklsiz sovun idishlariga taqqoslangan holda ishlab chiqara boshlashdi. Buni esa xaridorlar ijobiy qabul qilishmadi.

Bundan tashqari, kompaniya mahsulotlarni 7 turdagi idishlarda ishlab chiqarib, ular orasidan ayollarga mos keladigan faqtagina bittasini sotib olishga majbur qildi.

Natijada, Twitter va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda kompaniya tanqid qilindi va kattagina tashvish olib keldi.

*kampaniya — biror shior ostida tayyorlangan reklamalar to'plami

Xulosa: Marketolog nafaqat ajoyib g'oyalarni yaratishi balki ularni mijozlarga to'g'ri tushuntirishi ham talab etiladi.

@anonim_marketolog
144 views12:12
Ochish/sharhlash
2021-02-14 19:05:07 Onlayn marketing nima?

Har qanday biznesni internet orqali tanitish bu onlayn marketing hisoblanadi.

U ijtimoiy tarmoqlarda marketing, blogging, SEO va boshqa shu kabi uslublarni o'z ichiga oladi va "raqamli marketing" deb ham yuritiladi.

Bu uslub haqida Bil Geyts quyidagicha fikr bildirgan: "Agar sizning biznesingiz internetda mavjud bo'lmasa, demak u umuman mavjud emas"

@anonim_marketolog
141 views16:05
Ochish/sharhlash
2021-02-14 18:31:50 Mashhur brend Pepsining yo'l qo'ygan xatosi

Pepsi o'z mahsulotlarini insonlarni birlashtiruvchi kuch sifatida reklama qilishmoqchi edi. Ammo natija esa "qiziqarli" tus oldi.

Xullas, AQSHda yaqindagina bir voqea yuz berdi. Ya'ni birgina qora tanli insonning o'limi butun amerikaliklarni faoliyatiga chiqishga va noroziliklarga uyushtirishga undadi. Pepsi esa bundan oldin unumli foydalanishni maqsad qilib, davom ettirish yo'lini tutdi:

Kompaniya marketologlari: realiti-shou yulduzi Kendall Jennerni politsiyachiga Pepsi taklif qilgan, namoyishchilar va politsiya "Qora hayot" masalasini hal qila olamiz ... "shiori aks etgan reklamani ommaga taqdim etishdi.

Natija qanday bo'ldi? Albatta, muvaffaqiyatsizlik

Olti oydan ta'sirlangan PepsiCo prezidenti Bred Jakeman iste'foga chiqdi va ushbu reklamani "faoliyatimni davomidagi eng jirkanch tajriba" deb atadi.

Xulosa: Marketingda kichik e'tiborsizlik katta xatolar va muammolarga sabab bo'ladi.

@anonim_marketolog
149 views15:31
Ochish/sharhlash
2021-02-13 19:20:05 Ichki marketing nima?

Mazkur marketing uslubi ilk marta HubSpot kompaniyasi tomonidan boshlangan bo'lib, unda siz mijozlarga to'g'ridan to'g'ri reklamalar bilan murojaat qilmaysiz, balki ular sizni izlaganda tezroq topishiga ko'maklashasiz.

Bu marketing uslubi: SEO, PPC va boshqa mijozlarni veb-saytga o'tishga undovchi strategiyalarni o'z ichiga oladi.

*SEO — Search Engine Optimization: Qidiruv xizmatida mahsulot yoki kompaniyani reklama qilish

* PPC — Pay Per Click: Har bir tomosha qilingan reklama uchun kompaniya mijozga

@anonim_marketolog
156 views16:20
Ochish/sharhlash