Get Mystery Box with random crypto!

Marketing haqida afsonalar №5 “Marketing bilan faqatgina mark | Anonim Marketolog

Marketing haqida afsonalar №5

“Marketing bilan faqatgina marketing boʻlimi shugʻullanadi”

Navbatdagi xato tushunchaga duch keldik. Marketing faoliyati bilan nafaqat marketing boʻlimi, balki barcha boʻlimlar shugʻullanishi kerak.

Masalan, sotuv boʻlimi chiroyli muomala va xizmat koʻrsatish orqali, buxgalteriya boʻlimi narxlarni optimallashtirish orqali, boshqaruv boʻlimi xodimlarni toʻgʻri boshqarish va shikoyatlarga oʻz vaqtida javob qaytarishhamda boshqa shu kabi vazifalar yordamida marketing faoliyatini amalga oshirishi talab etiladi.

Shu oʻrinda, umuman marketolog ishiga koʻmaklashmasdan faqatgina natijani talab qiluvchi boshliqlar ham oʻz jamoasiga yordam berishlari talab etiladi.

@anonim_marketolog