Get Mystery Box with random crypto!

Akhrorov | shaxsiy blog

Telegram kanalining logotibi abrorbek_pg — Akhrorov | shaxsiy blog A
Telegram kanalining logotibi abrorbek_pg — Akhrorov | shaxsiy blog
Kanal manzili: @abrorbek_pg
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38
Kanalning ta’rifi

The student of World Economy and Diplomacy (UWED)

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-05-27 07:00:08 ​​Insonning saviyasi

Insonning saviyasini uning javoblari emas, u berayotgan savollar aniqroq ko'rsatadi. Ba'zan biror bir odam haqidagi fikringiz u bergan birgina savol orqali 180° ga o'zgarib ketishi mumkin.

Keling endi turli xil sohalardagi sayoz va chuqur savollarni ko'rib chiqamiz.

Biznes boshlayotganda:
Sayoz savol: Qaysi sohada raqobat yo'qki, shu sohada biznes boshlasam bo'ladi?
Chuqur savol: malakali, mas'uliyatli va o'z qadriyatimizga to'g'ri keladigan hodimlarni qayerdan topsak bo'ladi?

Turmush qurish uchun uchrashuvga chiqqanda:
Sayoz savol: Yoqtirgan ovqatingiz qanaqa?
Chuqur savol: Mas'uliyat, itoat deganda nimani tushunasiz?

Imom domladan:
Sayoz savol: Domla, namoz vaqtida avval chap tomonga salom beradimi yoki o'ng tomonga?
Chuqur savol: Qanday amalni bajarsam o'qigan namozimning savobi ko'proq bo'ladi?

O'z-o'zingizdan:
Sayoz savol: Akmal nima uchun yangi postimni repost qilib bermadi?
Chuqur savol: Bugun kun davomida o'zim uchun yangi nima o'rgandim?

Bunday sayoz savollar juda ko'p. Chuqur savollar odatda aqlli, shu sohada tajribasi bor, o'ylab gapiradigan odamlardan chiqadi.

P/s. Ko'pincha dars vaqtida kursdoshlarimizning sayoz savollarini deb baho ololmay qolamiz. Sizda ham shunday holat bo'lganmi hech?
189 views04:00
Ochish/sharhlash
2022-05-26 10:50:03 ​​Dangasalikni qanday yo'qotsa bo'ladi?

Bu haqida keyingi postlarda gaplashamiz. Hozir esa samarali dars qilish usullaridan birini ko'rib chiqamiz

Ko'pgina shaxsiy rivojlanish kitoblarida Franchesko Chirillo asos solgan "pomodoro" metodi tilga olinadi.

50+10 bu bitta pomidor. Ya'ni 50 minut diqqatni bitta ishga qaratish va 10 minut dam olish.

Har 4 ta pomidordan so'ng 1 soatcha dam olsang bo'ladi.

Kimdirlar soat 10 da muborak uyqudan uyg'ongan payt, sen 4 soat dars qilishga ulgurgan bo'lasan, agarda dars qilishni soat 6 da boshlagan bo'lsang.

1-2-yil kuniga 4 tadan pomidor orqali dars qilsang, sen ko'p narsani shu yillar ichida hal qilib qo'yasan, IELTS, SAT, dasturlash va hokazo.

Charchash bo'lmaydimi?
Albatta, bo'ladi. Biz biologik mavjudotlarmiz va bu tabiiy holat. Lekin yaxshi ovqatlanish va 10 minutlik tanaffuslardan unumli foydalanish orqali buni amalga oshirish mumkin.

Lekin bir narsa aniq. Bir kunda o'rtacha 3-4-ta pomidor qilish O'zbekistondagi tengdoshlaringdan ancha ustun qiladi. 12 ta pomidor esa seni dunyodagi tengdoshlaring bilan raqobat qila olish darajasiga olib chiqadi.

Siz yana qanday samarali dars qilish usullarini bilasiz?
180 viewsedited  07:50
Ochish/sharhlash
2022-05-25 20:00:04 ​​Aqlli vs Aqlsiz

Shaha Dolimovning bir ajoyib gapi bor edi. Sen menga do'stlaringni ko'rsat, men senga kimligingni aytaman. Qanday odamlar bilan vaqt o'tkazishingiz va kimlardan maslahat olishingiz hayotingiz sifatiga ta'sir o'tkazadi. Hozir esa, sizga imkoni boricha aqlli odam va o'zini aqlli qilib ko'rsatadigan odamlarni qanday qilib ajratib olish mumkinligi haqida o'z fikrimni aytaman.

Aqlli odam o'z bilim darajasi, tajribasi, o'qigan kitoblari va o'z sohasidan kelib chiqib, faqatgina shu o'zi tushunadigan sohalardagina fikr bildiradi. Agar unga notanish savol bersangiz, "bilmadim" deb javob beradi, nari borsa bu haqida qaysi kitobdan yoki saytdan ma'lumot olish mumkinligi haqida aytadi.

O'zini aqlli ko'rsatadigan odamga keladigan bo'lsak, go'yoki u bilmaydigan sohani o'zi yo'q. Dollar nega oshishidan tortib, Rossiya-Ukraina o'rtasidagi urushda kim g'olib bo'lishigacha sizga oqizmay-tomizmay aytib berishi mumkin. Bunday odamdan "bilmadim, siyosat(meditsina, IT, qurulish, din, marketing...)ni tushunmayman, shu sababli u-bu narsa deyolmayman" degan gapni eshitmaysiz. Hamma savolga javobi tayyor.

Keyingi safar suhbatdoshingizga savol bergach uni biroz kuting. Javob berishidan oldin biroz o'ylanib, nimanidir eslab, sizga qo'shimcha savollar beryabdimi? Yoki "e ukam shuni ham bilmaysanmi, eshit buni..." deb tinmasdan aql o'rgatyabdimi?

@Abrorbek_pg
168 views17:00
Ochish/sharhlash
2022-05-25 00:07:31Bu yana nimasi? Sanga kim qo‘yibdi blogni?

Deb aytayotgan bo‘lsangiz kerak va bu juda to‘g‘ri.

Blog ochishimdan maqsad kimnidir fikrini o‘zgartirish, g‘iybat qilish, xato qidirish emas, balki o‘zimni o‘zgartirishdir. Esli cho mana buni o‘qib chiqarsan (faqat erinma)
181 viewsAbrorbek Akhrorov, 21:07
Ochish/sharhlash