Get Mystery Box with random crypto!

Akhrorov | shaxsiy blog

Telegram kanalining logotibi abrorbek_pg — Akhrorov | shaxsiy blog A
Telegram kanalining logotibi abrorbek_pg — Akhrorov | shaxsiy blog
Kanal manzili: @abrorbek_pg
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38
Kanalning ta’rifi

The student of World Economy and Diplomacy (UWED)

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-18 06:44:40 Agrobankda navbatda 3 Asia alliance bankda esa 32-navbatda (Birinchi bo'lib Asia alliance bankdan navbat olgandik) Sharoitlar bir xil, xizmat ko'rsatish turi bir xil, joylashuv ham bir joyda, lekin asia alliance bankka bo'lgan talab agrobankdagidan ko'proq.…
20 views03:44
Ochish/sharhlash
2022-07-18 06:40:30 Agrobankda navbatda 3
Asia alliance bankda esa 32-navbatda

(Birinchi bo'lib Asia alliance bankdan navbat olgandik)

Sharoitlar bir xil, xizmat ko'rsatish turi bir xil, joylashuv ham bir joyda, lekin asia alliance bankka bo'lgan talab agrobankdagidan ko'proq.

Sizningcha, sabab nima?
20 viewsedited  03:40
Ochish/sharhlash
2022-07-15 20:41:41 1. Ikki yil ichida shu narsani ko‘rdimki, ko‘pchilik yoshlar talaba bo‘lgandan keyin o‘qimay qo‘yadi.

2. Eng katta sabab bu - erkinlik.

3. Endi uning yonida "Mana bu nos sani kistangdan chiqdimi?" deydigan dadasi, "Vay o‘lmasam mana bu sariq soch kim edi" deydigan onasi bo‘lmaydi.

4. Uning oldida "O‘zi hayotga bir marta kelamzayu o‘rto" deydigan Qashqadaryolik do‘sti bo‘ladi.

5. Mana shunaqa muhit hisobiga birinchi yilni o‘zida juda ko‘p aqlli bollar yo‘qolib ketadi.

6. Nima qilish kerak? Tergab turadigan inson topish kerak. Har 2 soatda kelib, darsingni qildingmi? Nima qilyapsan? Namozingni o‘qidingmi? deydigan odam.

7. Sharti o‘sha odamni san hurmat qilishing kerak. Shunda gapi yerda qolmaydi. Masalan manda shunaqa insonlar: ikkita do‘stim bilan ukam hisoblanadi.

P.S
Aslida mo‘min kishi doim o‘zini-o‘zi tergab turishi kerak).

@khasanov_blog
20 views17:41
Ochish/sharhlash
2022-07-12 17:45:53 Мусибатимиз шундаки;
Турмуш қурамиз, севмаймиз.
Фарзанд кўпайтирамиз, тарбия бермаймиз.
Бино қурамиз, таълим бермаймиз.
Намоз ўқиймиз, тақво қилмаймиз.
Ишлаймиз, мукаммал амалга оширмаймиз.
Гапирамиз, рост сўзламаймиз.

Жуброн Халил Жуброн

@konspektor
1 view14:45
Ochish/sharhlash
2022-07-08 22:30:12 ​​Hammamizga ma'lum ZARA brendi yer yuzida bitta ham zavodga egalik qilmas ekan. Ishlab chiqaradigan barcha mahsulotlarini "outsource" qiladi. Kompaniya bir davlatga o'sha davlatning ichida o'z mahsulotini ishlab chiqarib eksport qila oladi. Bu orqali mahsulotlarga…
30 views19:30
Ochish/sharhlash
2022-07-08 22:29:19 ​​Hammamizga ma'lum ZARA brendi yer yuzida bitta ham zavodga egalik qilmas ekan. Ishlab chiqaradigan barcha mahsulotlarini "outsource" qiladi.

Kompaniya bir davlatga o'sha davlatning ichida o'z mahsulotini ishlab chiqarib eksport qila oladi.

Bu orqali mahsulotlarga boj to'lashi ham shart emas. Istalgan vaqtda ishlab chiqarishni to'xtatishi yoki boshlashi mumkin. Va eng muhimi, boshqalarga o'xshab zavod uchun fixed cost to'lamaydi.

Bu orqali nima demoqchiman, shunchaki 2d fikrlashdan qoching. Har doim ham standartlarga amal qilish shart emas. Hayotda ham 3d fikrlash mumkin.

Qanday qilib fikrlashni oshirish mumkin? Siz qanday usullarni bilasiz? Komentda yozib qoldiring
32 viewsedited  19:29
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:40:14 ​​Hop, ertalab turdim. Kechasi bilan nimalar bo'lganini ko'raman. Kanallardan qanday yangilik kelibdi, ehh, yomon bo'libdi. Guruhlar, hmm, yaxshi video tashlashibdi. Qiziq kanal ekan, eski postlarini ko'raychi.

Directimga bir qaraychi. Lentada yangi postlar. Rasmlar, vinelar, qiziq. Yangi vineku. Keyingisi, yana keyingisi, shu oxirgisi bo'ladi, ishlarim bor hali.

Yangi post. Youtubega link. Yaxshi video ekan. Kitob o'qish haqida yaxshi gap ekan. Men ham o'qishim kerak. Vaqtim yo'qda, afsus.

@Abrorbek_pg
79 views08:40
Ochish/sharhlash
2022-06-27 09:45:21 Sariqchaqaga arzimaydigan diplomning qadri haqida...

Diplom - ota-onamizning, abituriyentlar orzusi;

Shuning uchun kamida 1 yil, yaxshiroq universitetga kirish uchun esa kamida 2 va undan ko‘p yil abituriyent bo‘lib, hayotdan uzilish kerak(hayotingizda kerak bo‘ladigan bilimning 10 foizini ham olmaysiz undan);

Bir tinga qimmat diplom uchun har yili 12 mlndan boshlanadigam "kontrakt" to‘lanadi. Bir tinga qimmat baho uchun esa "4 lik", "5 lik" summalar "qistiriladi" va korrupsiya o‘chog‘i ham bizda ta'lim.

Bitta diplom uchun O‘zbekistonda eng kamida 100 mln so'm pul sarflanadi. Bu eng kamida;

20 yosh atrofidagi ayni ilm oladigan, kasb egallaydigan yoshlik davri darsga borib, orqa partada uxlab qaytish bilan, darsdan keyin aksariyati qora ishlar bilan o‘tkazadi.

Rektorlardan tortib, dekan-u, qorovullargacha bilib olgani davomat va darsga kechikmaslik.

Hech kim talabaning bilim olishi haqida qayg‘urmaydi, domla dekanni, dekan prorektorni, prorektor esa rektorning buyrug‘ini bajaradi. Ammo har xil piarlar qilib ko‘zbuyamachilikni qoyillatadi.

Agar talabalar darsga kirmasa domla shikoyat yozadi, domla kelmasa... u ham odam, ishi chiqib qolgandirda);

Domla talab qilsa haq, talaba talab qilsa tarbiyasizlik, o‘zboshimchalik;

Xurmatli ota-onalar farzandlaringizning umrini bekorga sarflamang, ularga yo zamonaviy kasb o‘rgating. Ishoning shuncha ketgan pul va vaqtga bemalol chet eldagi nufuzli oliygohga joylashtira olasiz.

Nodir Qulmatov
@Molga_aylanganlar
140 views06:45
Ochish/sharhlash
2022-06-19 04:58:00 Агар бўри душманингни еб қўйган бўлса, бу билан у дўстинг бўлиб қолмайди.

Александр Форстинберг

@konspektor
172 views01:58
Ochish/sharhlash
2022-06-18 17:04:10 ​​Hamma ilmni ham senga o'rgatishmaydi!

Dasturchiga kod yozishni o'rgatsa bo'ladi, lekin fikrlashni emas.

Dizaynerga Photoshopni o'rgatsa bo'ladi, lekin kreativlikni, didni emas.

Kassirga pulni tez sanashni o'rgatsa bo'ladi, lekin halollikni emas.

O'rgatib bo'lmaydimi, demak odam o'zi o'rganishi kerak. O'zi o'rganadiganlar esa ozchilikni tashkil qiladi. Biror xususiyat qanchalik kam bo'lsa, shunchalik ko'p qadrlanadi.

Qadrli kadr bo'lmoqchimisiz?
Unda biror kishi o'rgata olmaydigan narsalarni o'rganing.

Xullas kalom, senga biror ishni o'rgata olishdimi, demak, boshqalarga ham xuddi shu algoritm orqali o'rgata olishadi.

Kuchli universitetlarning maqsadi o'rtacha odamni olib unga maksimum bilim berish emas, balki o'zi o'rgana oladiganlarga sharoit yaratib berishdir. Afsuski, bizda bundaylari deyarli yo'q.
186 viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash