Get Mystery Box with random crypto!

​​Insonning saviyasi Insonning saviyasini uning javoblari ema | Akhrorov | shaxsiy blog

​​Insonning saviyasi

Insonning saviyasini uning javoblari emas, u berayotgan savollar aniqroq ko'rsatadi. Ba'zan biror bir odam haqidagi fikringiz u bergan birgina savol orqali 180° ga o'zgarib ketishi mumkin.

Keling endi turli xil sohalardagi sayoz va chuqur savollarni ko'rib chiqamiz.

Biznes boshlayotganda:
Sayoz savol: Qaysi sohada raqobat yo'qki, shu sohada biznes boshlasam bo'ladi?
Chuqur savol: malakali, mas'uliyatli va o'z qadriyatimizga to'g'ri keladigan hodimlarni qayerdan topsak bo'ladi?

Turmush qurish uchun uchrashuvga chiqqanda:
Sayoz savol: Yoqtirgan ovqatingiz qanaqa?
Chuqur savol: Mas'uliyat, itoat deganda nimani tushunasiz?

Imom domladan:
Sayoz savol: Domla, namoz vaqtida avval chap tomonga salom beradimi yoki o'ng tomonga?
Chuqur savol: Qanday amalni bajarsam o'qigan namozimning savobi ko'proq bo'ladi?

O'z-o'zingizdan:
Sayoz savol: Akmal nima uchun yangi postimni repost qilib bermadi?
Chuqur savol: Bugun kun davomida o'zim uchun yangi nima o'rgandim?

Bunday sayoz savollar juda ko'p. Chuqur savollar odatda aqlli, shu sohada tajribasi bor, o'ylab gapiradigan odamlardan chiqadi.

P/s. Ko'pincha dars vaqtida kursdoshlarimizning sayoz savollarini deb baho ololmay qolamiz. Sizda ham shunday holat bo'lganmi hech?