Get Mystery Box with random crypto!

​​Dangasalikni qanday yo'qotsa bo'ladi? Bu haqida keyingi pos | Akhrorov | shaxsiy blog

​​Dangasalikni qanday yo'qotsa bo'ladi?

Bu haqida keyingi postlarda gaplashamiz. Hozir esa samarali dars qilish usullaridan birini ko'rib chiqamiz

Ko'pgina shaxsiy rivojlanish kitoblarida Franchesko Chirillo asos solgan "pomodoro" metodi tilga olinadi.

50+10 bu bitta pomidor. Ya'ni 50 minut diqqatni bitta ishga qaratish va 10 minut dam olish.

Har 4 ta pomidordan so'ng 1 soatcha dam olsang bo'ladi.

Kimdirlar soat 10 da muborak uyqudan uyg'ongan payt, sen 4 soat dars qilishga ulgurgan bo'lasan, agarda dars qilishni soat 6 da boshlagan bo'lsang.

1-2-yil kuniga 4 tadan pomidor orqali dars qilsang, sen ko'p narsani shu yillar ichida hal qilib qo'yasan, IELTS, SAT, dasturlash va hokazo.

Charchash bo'lmaydimi?
Albatta, bo'ladi. Biz biologik mavjudotlarmiz va bu tabiiy holat. Lekin yaxshi ovqatlanish va 10 minutlik tanaffuslardan unumli foydalanish orqali buni amalga oshirish mumkin.

Lekin bir narsa aniq. Bir kunda o'rtacha 3-4-ta pomidor qilish O'zbekistondagi tengdoshlaringdan ancha ustun qiladi. 12 ta pomidor esa seni dunyodagi tengdoshlaring bilan raqobat qila olish darajasiga olib chiqadi.

Siz yana qanday samarali dars qilish usullarini bilasiz?