Get Mystery Box with random crypto!

​​Aqlli vs Aqlsiz Shaha Dolimovning bir ajoyib gapi bor edi. | Akhrorov | shaxsiy blog

​​Aqlli vs Aqlsiz

Shaha Dolimovning bir ajoyib gapi bor edi. Sen menga do'stlaringni ko'rsat, men senga kimligingni aytaman. Qanday odamlar bilan vaqt o'tkazishingiz va kimlardan maslahat olishingiz hayotingiz sifatiga ta'sir o'tkazadi. Hozir esa, sizga imkoni boricha aqlli odam va o'zini aqlli qilib ko'rsatadigan odamlarni qanday qilib ajratib olish mumkinligi haqida o'z fikrimni aytaman.

Aqlli odam o'z bilim darajasi, tajribasi, o'qigan kitoblari va o'z sohasidan kelib chiqib, faqatgina shu o'zi tushunadigan sohalardagina fikr bildiradi. Agar unga notanish savol bersangiz, "bilmadim" deb javob beradi, nari borsa bu haqida qaysi kitobdan yoki saytdan ma'lumot olish mumkinligi haqida aytadi.

O'zini aqlli ko'rsatadigan odamga keladigan bo'lsak, go'yoki u bilmaydigan sohani o'zi yo'q. Dollar nega oshishidan tortib, Rossiya-Ukraina o'rtasidagi urushda kim g'olib bo'lishigacha sizga oqizmay-tomizmay aytib berishi mumkin. Bunday odamdan "bilmadim, siyosat(meditsina, IT, qurulish, din, marketing...)ni tushunmayman, shu sababli u-bu narsa deyolmayman" degan gapni eshitmaysiz. Hamma savolga javobi tayyor.

Keyingi safar suhbatdoshingizga savol bergach uni biroz kuting. Javob berishidan oldin biroz o'ylanib, nimanidir eslab, sizga qo'shimcha savollar beryabdimi? Yoki "e ukam shuni ham bilmaysanmi, eshit buni..." deb tinmasdan aql o'rgatyabdimi?

@Abrorbek_pg