Get Mystery Box with random crypto!

​​Hamma ilmni ham senga o'rgatishmaydi! Dasturchiga kod yozis | Akhrorov | shaxsiy blog

​​Hamma ilmni ham senga o'rgatishmaydi!

Dasturchiga kod yozishni o'rgatsa bo'ladi, lekin fikrlashni emas.

Dizaynerga Photoshopni o'rgatsa bo'ladi, lekin kreativlikni, didni emas.

Kassirga pulni tez sanashni o'rgatsa bo'ladi, lekin halollikni emas.

O'rgatib bo'lmaydimi, demak odam o'zi o'rganishi kerak. O'zi o'rganadiganlar esa ozchilikni tashkil qiladi. Biror xususiyat qanchalik kam bo'lsa, shunchalik ko'p qadrlanadi.

Qadrli kadr bo'lmoqchimisiz?
Unda biror kishi o'rgata olmaydigan narsalarni o'rganing.

Xullas kalom, senga biror ishni o'rgata olishdimi, demak, boshqalarga ham xuddi shu algoritm orqali o'rgata olishadi.

Kuchli universitetlarning maqsadi o'rtacha odamni olib unga maksimum bilim berish emas, balki o'zi o'rgana oladiganlarga sharoit yaratib berishdir. Afsuski, bizda bundaylari deyarli yo'q.